2013 yilda Ronaldu va Mourinyo kiyinish xonasida urishib ketishiga bir bahya qolgan

Aslanov Jasurbek
3 noya 2015, 18:45
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va hozirda "Chelsi"ni boshqarayotgan Joze Mourinyo 2013 yil kiyinish xonasida mushtlashib ketishiga bir bahya qolgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, bu voqea 2013 yilning yanvarida, "Valensiya"ga qarshi Ispaniya Kubogi uchrashuvidan so'ng sodir bo'lgan. "Real" 2:0 hisobida yutayotgan edi va Mourinyo Ronaldudan himoyaga qaytishni so'radi, qo'shimchasiga uni muvaffaqiyatsiz aut uchun tanqid qildi. Bahs esa o'sha hisobda yakunlandi.

Mourinyo kiyinish xonasida futbolchini tanqid qilishda davom etdi va Ronaldu o'zini tutib tura olmay shunday dedi: "Men haqimda bunday deyishga nima haqqingiz bor?!". Mourinyo esa o'zini oqlashni boshlaydi: "Men buni jamoaga aytyapman. Sen biroz himoyaga qaytishing kerak edi". Ronaldu o'zini bosa olmayotgan edi va Mourinyo shunday dedi: "Ko'pchilik sen himoyaga kam qaytasan deb o'ylaydi, ammo buni aytish uchun ularda jasorat yetishmaydi". Bu gaplardan so'ng Ronaldu Jozega tashlandi. Futbolchilar mushtalshuvning oldini olib qolishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph