So’nggi yangiliklar

11:52"Ғаройиб одамлар" фильми режиссёри "Брентфорд" эгаларидан бирига айланмоқчи  0 11:20Тареми Теҳронни тарк этди  1 10:43Томас Мюллер: “МЛСга ўтишим эҳтимолдан холи эмас”  1 10:06"Пахтакор" Қаршида 3 йилдан буён гол ура олмаяпти  6 09:36Эшитдик-да! Ислом Исмоилов тез орада "Нефтчи"да иш бошлайди  25 09:23Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ильгиз Танташев бошқарган учрашувда "Интер" "Ривер Плейт"ни енгиб кейинги босқичга йўл олди  2 08:44"Андижон" охирги маротаба "Хоразм"ни меҳмонда қачон ютган?  1 08:13Гвардиола клублар ўртасидаги ЖЧ олдидан иссиқ ҳақида: "Биз азобланишга тайёр бўлишимиз керак"  2 07:48Лионель Месси Саудия Арабистони клублари билан фаол музокара олиб бормоқда  10 07:30Факт: "Бухоро" 9 йилдан сўнг Олмалиқда ғалаба қозонди  2 06:57Суперлига. Бугундан 14-турга старт берилади  6 02:44Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Боруссия Д” “Ульсан” устидан ғалаба қозониб, гуруҳ пешқадами сифатида кейинги босқичга йўл олди  0 00:45"Арсенал" Партининг ўрнига "Брентфорд" футболчисини сотиб олади  0 00:26"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи  6 23:46Михаил Еремчук: "Футболда ҳар доим ютиш яхши"  5

2013 yil 9-11 sentyabr kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo Paralimpiya qo'mitasining Xalqaro anjumani to'g'risida Yangiliklar

2013 yil 9-11 sentyabr kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo Paralimpiya qo'mitasining Xalqaro anjumani to'g'risida

Osiyo Paralimpiya qo'mitasi qisqa muddat ichida rivojlanib, Paralimpiya sportini qator davlatlarda targ'ib qilmoqda.
Bugungi kunda Paralimpiya o'yinlari xalqaro sport arenalarda yozgi Olimpiya o'yinlari darajasida ko'tarildi. Buning yaqqol misoli sifatida 2012 yil London shahrida bo'lib o'tgan XXX yozgi Olimpiya va XIV Paralimpiya  o'yinlaridir. Tashkiliy qo'mita tomonidan bu ikkita yirik sport o'yinlarini alo darajada tashkillashtirilganligi Olimpiya tarixida o'chmas iz qoldirdi.

2010 yil Xitoyning Guanchjou shahrida o'tkazilgan Osiyo Paralimpiya qo'mitasining Bosh Assambleyasida O'zbekiston Markaziy Osiyoda eng faol va rivojlangan Milliy Paralimpiya associaciyasi sifatida tan olindi. O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyasiga Markaziy Osiyoda Paralimpiya sport turlarini rivojlantirish, ularni qo'llab-quvvatlash, uslubiy va amaliy yordam berish hamda ularning faoliyatini nazorat qilish vazifalari yuklatildi.

SHu maqsadda Osiyo Paralimpiya qo'mitasi shu yilning 9-11 sentyabr kunlari Toshkent shahrida “Toshkent Xalqaro anjumani” o'tkazilishini malum qilgan. Anjuman “Grand Mir” mehmonxonasida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Xalqaro anjumanda Osiyo davlatlarining 22 ta Milliy Paralimpiya qo'mitalaridan 80 ga yaqin delegatlari ishtirok etishi ko'zda tutilgan.

Ishtirok etuvchi davlatlar:

1. Birlashgan Arab Amirliklari
2. Xitoy
3. Malayziya
4. Janubiy Koreya
5. Quvayt
6. Pokiston
7. Myanmar
8. Nepal
9. Eron
10. Qatar
11. Hindiston
12. Saudiya Arabistoni
13. Yaponiya
14. Indoneziya
15. Filippin
16. SHri-Lanka
17. Bruney
18. Qozog'iston
19. Tojikiston
20. Iroq
21.Afg'oniston
22. O'zbekiston

Ushbu harakatlarning asosiy maqsadi imkoniyati cheklangan insonlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish hamda ularni shu orqali hayotga bo'lgan intilishlari va qiziqishlarini yanada orttirishdan iboratdir.

Xalqaro anjumanning asosiy vazifalari:

-  Osiyoda Paralimpiya harakatini maqsadli yo'naltirish dasturi asosida rivojlantirish;

-  dasturning to'liq bajarilishi va boshqa hududlarga targ'ib etilishini taminlash;

- Osiyo Paralimpiya harakati dekloraciyasini imzolash va ushbu dekloraciyani “Toshkent dekloraciyasi” deb nomlash;

- 2014 yil Koreyaning Incheon shahrida bo'lib o'tadigan Para Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish hamda kiritilgan yangi dasturlar bilan tanishtirish;

-  davlatlar va hududlar o'rtasida Paralimpiya sportini rivojlantirish yuzasidan fikr-mulohazalar almashinish;

-  azo davlatlar sonini ko'paytirish va Paralimpiya sportchilari hamda sport turlarini texnik jihatdan qo'llab-quvvatlash.

Anjumanda Xalqaro Paralimpiya qo'mitasi vakillari, Osiyo Paralimpiya qo'mitasi Prezidenti, vice-prezidentlari, Bosh kotibi, ijroqo'm azolari, ayollar sportini rivojlantirish bo'yicha vakillari, sportchilar qo'mitasi vakillari, Osiyo Milliy Paralimpiya qo'mitalari rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Moliyalashtirish manbai:

12 nafar Osiyo Paralimpiya qo'mitasi rahbar va ijroqo'm azolarining yashashi, ovqatlanish hamda Toshkent shahriga kelib-ketish aviachiptalari O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hisobidan qoplanadi. Qolgan ishtirokchilarning barcha sarf-xarajatlari safarga yuboruvchi tashkilot hisobidan amalga oshiriladi.

Ichki transport va sinxron tarjima uskunlari Toshkent shahar hokimligi tomonidan qoplanadi.

11 sentyabr kuni yakuniy kechki ovqat “Oziq-ovqat korxonalari” uyushmasi tomonidan tashkil etiladi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mustaqil diyorimizda sportga, xususan Paralimpiya sportiga berilayotgan ulkan etiborlari samarasida Paralimpiya sportchilari yirik xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etib, O'zbekiston bayrog'ini yanada yuqori pog'onlarga ko'tarilishiga sabab bo'lmoqda.

“Toshkent Xalqaro anjumani”da Osiyo Paralimpiya qo'mitasi Prezidenti Dato Zaynal Abu Zarin nafaqat Markaziy Osiyoda, balki Osiyo qitasida Paralimpiya harakatini rivojlantirishga qo'shgan ulkan xizmatlari uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovga “Osiyo Paralimpiya qo'mitasi ordeni”ni topshirishni malum qilgan.

Osiyo Paralimpiya qo'mitasi ordeni to'g'risida

M A ' L U M O T

 
2010 yil 12-19 dekabr kunlari Xitoyning Guandjou shahrida o'tkazilgan yozgi Para Osiyo o'yinlarini yuqori saviyada tashkil etilgani va o'tkazilganligi munosabati bilan  Osiyo Paralimpiya qo'mitasi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining Raisi Xu Czintaoga “Osiyo Paralimpiya qo'mitasi ordeni” taqdim etilgan. Xitoy Xalq Respublikasining Raisi Xu Czintao nomidan Guanjou xokimi  Van Cinlyan qabul qilgan.  Ushbu Orden metal xromdan yasalgan, oltin suvi bilan yuritilgan. Ordenning umuiy og'irligi 2.1kg , o'rtada katta tanga va atrofida 21 ta kichkina 30mm  tangachalardan  iborat. O'rtadagi Ordenning diametri 10sm, qalinligi

5 mm, tashqi aylanasi 7 sm, ichki aylanasi 4 sm, orden atrofi 1sm  5ta naqshinkor shakildan iborat.  Orden faqatgina davlat raxbarlariga  taqdim etilib, Osiyo davlatlari ichida ikkinchi marotaba O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Paralimpiya harakatini nafaqat O'zbekistonda, balki Osiyo davlatlari ichida rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun  taqdim etilmoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика