17 yoshli futbolchi transfer rekordini yangilashi mumkin, uni “Borussiya D” qo'lga kiritgani aytilmoqda
16 iyu 2020 21:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/581746_original.jpg)
![](/upload/storage/581746_220.jpg)
17 yoshli futbolchi transfer rekordini yangilashi mumkin, uni “Borussiya D” qo'lga kiritgani aytilmoqda
“Birmengem” yarim himoyachisi Jud Bellingxem “Borussiya D” bilan shartnoma imzoladi, deya xabar beradi jurnalist-insayder Fabricio Romano.
Ammo klublar hozircha bu haqda rasmiy bayonot bermagan.
Avvalroq, dortmundliklar Bellingxem bilan besh yillik kelishuvga erishgani aytilgandi. “Birmengem” esa 17 yoshli xavbek uchun 23 mln evroni qo'lga kiritadi. Agar bu rasman tasdiqlansa, u holda angliyalik o'z yoshi toifasida transfer qilingan eng qimmat futbolchiga aylanadi. SHuningdek, unga "Bavariya" va MYU ham qiziqqandi.
Joriy mavsum u klub libosida 42 bahsda qatnashdi va 4+3 natija ko'rsatdi. Transfermarkt Jud Bellingxemning narxini 11 mln evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar