17-18 may kunlari O'zbekiston yoshlari Qozog'istonga qarshi ikkita o'yin o'tkazadi
14 may 2014 13:37
Yangiliklar
17-18 may kunlari O'zbekiston yoshlari Qozog'istonga qarshi ikkita o'yin o'tkazadi
O'zbekiston va Qozog'iston yoshlar terma jamoalari 17-18 may kunlari Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Uchrashuv Jar stadionida bo'lib o'tadi.

Ushbu uchrashuv O'zbek va qozoq xalqlarining abadiy do'stligiga bag'ishlangan "Biz - bir xalqmiz" shiori ostida 2014 yil 17-18 may kunlari Toshkent shahrida Do'stlik festivali bo'lib o'tadi. Festival doirasida futbol bo'yicha O'zbekiston va Qozog'iston yoshlar terma jamoalari o'rtasida 2 ta o'rtoqlik uchrashuvi ham tashkil etiladi. Bu o'yinlar "Jar" stadionida bo'lib o'tadi.
Festival doirasida “Paxtakor” va “Qayrat” faxriylar jamoalari o'rtasida o'ziga xos o'rtoqlik uchrashuvi ham o'tkazilishi belgilab qo'yilgan. Kelayotgan shanba kuni aynan “Jar” stadionida yaqin o'tmishning mashhur yulduzlari o'yiniga guvoh bo'lishlari mumkin.
“Paxtakor” tarkibida darvozabonlar Anvar Rashidov va Aleksey Roshin, futbolchilar – Birodar Abduraimov, To'lagan Isoqov, Ahrol Inoyatov, Mirjalol Qosimov, Igor SHkvirin, SHuhrat Maqsudov, Murod Aliev hamda 12-Osiyo o'yinlari g'oliblari maydonga tushishadi. Bu jamoaning bosh murabbiyi Grigoriy Ceytlin bo'ladi.
Uchrashuv 17 may kuni “Jar” stadionida soat 10:00da boshlanadi. SHuningdek, ushbu tadbir doirasida o'tgan yili o'zining 70 bahorini nishonlagan futbolimiz faxri, XX asr o'zbek futbolining eng yaxshi futbolchilaridan biri Birodar Abduraimovga zarbop to'n ham kiygiziladi.
Bundan tashqari, festival doirasida boshqa sport turlari bo'yicha ham ikki mamlakat sportchilarining o'zaro musobaqalari ham o'tkaziladi.

Fikrlar