14 o'yinda atigi ikki bor yutgan murabbiy ishdan olindi
12 avg 2020 11:05
Yangiliklar
14 o'yinda atigi ikki bor yutgan murabbiy ishdan olindi
Italiyaning "Milan" klubi afsonalaridan biri Roberto Donadoni Xitoyda ishlab kelayotgandi.
Donadoni bungacha Xitoy Superligasi vakili "SHenjen" klubini boshqarayotgandi. Biroq oxirgi 14ta o'yinda murabbiy ikki bor g'alaba qozongani uchun ishdan bo'shatildi. Klub bergan malumotga ko'ra, tomonlar o'azaro kelishuvga binoan shartnomani bekor qilishgan.
Karantindan keyin 56 yoshli murabbiy jamoasi Jovanni van Bronkxorst klubi ustidan 3:0 hisobida zafar quchgandi, biroq shundan so'ng ketma-ket uchta bellashuvda mag'lub bo'ldi. Donadoni o'tgan yilning yozida "SHenjen"ni qabul qilib olgandi. U bir yil o'tib istefoga chiqdi.
Fikrlar