So’nggi yangiliklar

00:43Мбаппеда бир неча ойдан бери руҳий муаммолар бор (L’Equipe)  2 00:16Тайрелл Маласиа 17 ой деганда майдонга қайтмоқда. У бугун ўринбосарлар сафида футбол ўйнайди  0 23:33Шомуродов, Ашурматов ва Файзуллаев ҳам қўшилди. Ўзбекистон МТЖнинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 23:19Фрэнк Лэмпард мураббийликка қайтиши мумкин, аммо...  0 22:50Лисандро Мартинес жароҳат сабаб Аргентина терма жамоаси ўйинларида иштирок этмайди  0 22:10Родри "Олтин тўп"да кимларга овоз берган бўларди? Футболчининг ўзи жавоб берди  10 21:42Элдор Шомуродов: "Қатарга қарши ғалаба учун майдонга тушамиз, аммо гол ўтказиб юбормаслик ҳам жуда муҳим"  14 21:07"Ливерпуль" академияси: Сен ёлғиз эмассан  1 20:51Рустам Ашурматов: "Жамоавий ўйин бўйича Қатардан устунроқмиз"  3 20:0112 йиллик армон ёхуд "Насаф"ни чемпион қилган Рўзиқул Бердиев билан эксклюзив интервью   7 19:32ПСЖ бу сафар Тибо Куртуани сотиб олишга уриниб кўрмоқчи  3 19:13Рафинья Ямалга 10 минг фунтлик тилла "iPhone" совға қилди  6 18:41Неймар: "Шу ҳафтанинг ўзида 3 та фейк хабар чиқди. Бразилия менга бундай муносабатда бўлаётганидан хафаман"  12 18:10Беларусь терма жамоаси ҳужумчиси виза билан муаммо туфайли Миллатлар Лигаси учрашувини ўтказиб юборади  0 17:46"Бавария" Ян Кристиан Дризен билан шартномани узайтирди  1

104 daqiqa davom etgan, mezbonlarga etishmagan etakchi va taktik kurashga chorlagan Xomyakov. "Andijon" - "Mashal" o'yini haqida Yangiliklar

104 daqiqa davom etgan, mezbonlarga etishmagan etakchi va taktik kurashga chorlagan Xomyakov. "Andijon" - "Mashal" o'yini haqida

Superliganing to'rtinchi turidan bir qator qiziqarli to'qnashuvlar orasida "Andijon" - "Mashal" uchrashuvi ham bor edi.

Garchi bahs markaziy maqomda bo'lmasada ikki jamoa muxlislari uchun ham ahamiyatli tomonlari bo'lganligini aytib o'tish joiz. Andijonga mehmonga kelgan muborakliklar joriy mavsumda safarda hali g'alaba qozona olmagandi. Ikkinchidan Aleksandr Xomyakovning sobiq jamoasiga qarshi shogirdlarini qanday tayyorlagani, raqibiga qanday sovg'a tayyorlagani ko'pchilikni qiziqtirgani bor gap. Bilasiz "Andijon" jamoasi ushbu mutaxassis uchun begona emas. SHuningdek yangitdan shakllanayotgan "Andijon" uchun FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan tanaffus qay darajada foyda keltirganini, o'yin tomonlama biroz bo'lsada ijobiy o'zgarish kuzatilishi kutilgandi. O'yindan avval kichik ustunlik maydon egalari tomonida edi. Yani ularga qo'shimcha kuch beradigan jihati bu o'z maydonida va muxlislar qarshisida o'ynayotgani edi. Ammo "Mashal"da tajribali futbolchilarning ko'p ekanligi, Xomyakovning taktik tomondan kuchli murabbiyligi mezbonlarning ustunligini yo'qqa chiqarardi. Amalda ham shunday bo'ldi. Keling dastlab o'yin tafsilotlariga to'xtalib o'tsak. Darvoqe uchrashuvdan oldin stadionda bayramona muhit hukmron edi. Dastlab "Bobur Arena" o'yingohining "Food Ball" kafesining ochilishi munosabati bilan 100kg Toshkent oshi damlandi va insonlarga tortiq etildi. 


Etakchilar etishmagan "Andijon" ham taktik kurash taqdim qilgan "Mashal"

"Andijon" bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev ilk daqiqalardan quyidagi futbolchilarga ishonch bildirdi.

Mutaxassis bu safar avvalgi o'yinlarga qaraganda tarkibda sezilarli rotatciyalarga qo'l urgan. Orqa chiziqda jiddiy o'zgarishlar qilinmadi. Faqatgina chap qanotda shu kuni Abduvohid G'ulomov boshlang'ich tarkibdan o'rin oldi. Maydon markazi esa to'liq yangilandi. Tayanch yarim himoyasida Edgar Bernaxrdt va Baxtiyor Qosimov joylashgan bo'lsa, biroz oldinroqda Doniyor Ismoilov harakat qildi. Aytish mumkinki, deyarli barcha bahslarda markaziy nuqtada o'yinni boshqaradigan etakchining yo'qligi ko'zga tashlanmoqda. Mavsum oldi yig'inlarda Edgar Bernxardtda liderlik qobiliyatini namoyish qilgandi. Rasmiy o'yinlarda ham jamoani o'z ortidan ergashtira olishi kutilgandi. Lekin qirg'izistonlik legioner hozircha bu borada ishonchni oqlayotgani yo'q. Mazkur holatga murabbiy Otabek G'ulomxo'jaev uchrashuvdan so'ng o'z munosabatini bildirdi. 

"O'rtoqlik o'yinlarida Edgar o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatdi. Hozir esa o'zimiz ham hayron qolmoqdamiz. Liderlik sifatlarini ham ko'rsatayotgani yo'q. O'zini yoshiga nisbatan tajribasini ham namoyish qilmayapti. Yana gaplashamiz. SHu ketish bo'lsa sardorlik olib qo'yiladi va zaxira o'yinchisiga aylanadi. Qachon o'zini ko'rsatsa keyin maydonga chiqadi",- deydi Otabek G'ulomxo'jaev. 

Qanotlarda vingerlik vazifasi Jasur Jaloliddinov va Doniyor Abdumannopovga yuklatildi. Sof hujumchi poziciyasida ko'p narsa kutilgan italiyalik Martin Boake o'ynadi. Umuman ushbu hujumchining ham to'rt o'yindirki omadi kelayotgani yo'q. Balki malum vaqt kerakdir. 

Aleksandr Xomyakov esa taktik tomondan to'g'ri yo'l tanlay olganiga uchrashuv davomida guvoh bo'ldik. "Mashal" futbolchilarining maydondagi joylashuviga etibor bering. 

Beshta himoyachi to'rtta yarim himoyachi va bitta nominal hujumchi. Biz hujumda ko'rishga odatlangan Humoyun Murtazoev ham biroz orqaroqda yarim himoyachilarga yaqin o'ynadi. "Mashal"ning mudofaa chizig'i vakillari raqibning oldingi chizig'idagi indivual kuchli futbolchilari Abdumannopov va Jaloliddinovga qarshi zichkroq o'ynashga urinishdi. SHaymanovning ham himoyaga qo'yilishi ham taktik tomondan oldindan ishlanganligi bilinib turdi. Murtazoevning yarim himoyadagi faolligi hisobiga 21-daqiqada uchrashuvda hisob ochildi. CHap qanotga yaqin joyda to'pni mohirona tarzda oldindagi Ononivuga uzatdi. Nigeriyalik hujumchi tezkorlik bilan raqib himoyachilarini aldadi va darvozani ishg'ol qildi. Avvaliga qanot hakami ushbu vaziyatda o'yindan tashqari holatni qayd etdi. Lekin VAR qaroridan so'ng yakunda baribir gol inobatga olindi.  SHundan so'ng "Andijon" birin ketin keskin vaziyatlar yaratishga harakat qildi. 27-daqiqada Abdumannopovning chap qanotdan uzatgan to'pidan jamoadoshi foydalana olmadi. Keyingi vaziyatda jamoaning bolgariyalik himoyachisi Plamen Dimov boshi bilan darvozaga to'p kiritishga yaqin keldi. 33-daqiqala Jaloliddinov Ismailovning devor uslubidagi kombinaciyasidan so'ng mehmon jamoa himoyachilari Jaloliddinovga nisbatan jarima maydonchasi ichida qo'pollik ishlatishdi. Penaltini uning o'zi bexato amalga oshirdi va hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo'limda boshqa keskin vaziyatlar yuzaga kelmadi va jamoalar tanaffusga 1:1 hisobida tanaffusga yo'l olishdi.

104-daqiqagacha davom etgan ikkinchi bo'lim yoxud diqqat markazida yana VAR 

Ikkinchi bo'limda o'yin tempi yuqori bo'ldi, deyishimiz qiyin. CHunki asosan golli vaziyatlar "Mashal" darvozasi oldida yaratildi. Kamron Saidazimov, Jasur Jaloliddinovning uzoqdan yo'llagan zarbalariga aniqlik etishmadi. Qaysidir manoda muxlislar biroz zerikib ham qolishdi. Ikkinchi bo'limning asosiy kulminacion pallasi hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada bo'ldi, desak yanglishmaymiz. Jarima maydonchasi ichida Abdumannopovga nisbatan qo'pollik ishlatilgandek ko'ringandek bo'ldi. Bosh hakam esa makzur vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida VAR`ga yuzlandi. Takidlash joiz juda bahsli vaziyatni takror-takror ko'rgan referi yakunda hech qanday penalti yo'qligini malum qildi. Bu paytga kelib uchrashuvning qo'shib berilgan daqiqalari yakuniga etgandi. To'xtalishga yana qo'shimcha vaqt qo'shib bergan hakam uchrashuvni 104 daqiqada yakunladi. VAR`ning yurtimizga olib kelingani yaxshi bo'ldi. Lekin aksariyat hollarda uchrashuv qizib turgan, shiddat avj nuqtasiga chiqqan pallada to'satdan o'yinni to'xtalishi ana shu tempini tushirib qo'yayotgani rost. "Andijon" bosh murabbiyi "Bunyodkor" bilan o'yindan keyingi fikriga sodiq qoldi va VAR kerak emasligini takidladi. 

"Buni o'tgan safar ham aytgan edim. Iloji bo'lsa "Andijon"ning o'yinlariga VAR tizmini qo'yishmasligini istardim. Mayli qo'yilgan taqdirda ham raqib tomonga foyda chiqarsa ham men hich qachon indamayman. Keling, futbolni jozibasini o'ldirmaylik. Futbol o'ynaylik. Bir paytlar Maradona o'ynagan vaqtlarda qo'li bilan gol urganda VAR bo'lmagan. Kimnidir goli qaysidir jamoani chempion qilgan, jahon chempionatiga olib chiqqan",- deydi Otabek G'ulomxo'jaev.

SHu tariqa jamoalar bir ochkodan bo'lishib olishdi. "Andijon"ni mazkur natija qoniqtirmagani tabiiy.  CHunki ular o'z maydonida o'ynashdi. Xo'sh, "Mashal"ni safarda qo'lga kiritilgan bir ochko qanoatlantiradimi? Ushbu savolga bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov qiziqarli javob berdi. 

"Baliq yo'g'ida, qisqichbaqa ham baliq" deyishadiku. Safarda durang, ayniqsa menga yoqib qolgan Andijon shahrida durang o'ynash yoqimli.  Ajoyib! Faqat men bu o'yin yakunlanmaydi deb o'yladim (kuladi). Qolgan barchasi ajoyib! Sababi bahsli vaziyatlarda bu yordam beradi. Muxlislar bosimi ostida hakam xatoga yo'l qo'yishi mumkin",- deydi murabbiy.


Raqamlar so'zlaganda

Bunga qadar ikki jamoa o'zaro 32 marotaba to'qnash kelgan bo'lib, kechagi bahs esa 33 uchrashuv sifatida tarixga kirdi. "Andijon" bu o'yinlarda 10ta "Mashal" 18ta g'alabaga erishgan. Ushbu ko'rsatkichlar o'zgarishsiz qoldi. Buni qarangki jamoalarning o'yinlarida shu kunga qadar 4 marotaba durang qayd etilgan. Demak kechagi durang beshinichisi bo'ldi. To'plar nisbati 37-50 ko'rinishini oldi. Muborakliklar 4 turdan so'ng 4 ochko jamg'arishdi, to'plar nisbati 3-6. Xuddi shunday natija "Andijon"da ham, to'plar nisbati 3-5. Navbatdagi turda Otabek G'ulomxo'jaev shogirdlari Bekobodga "Metallurg" maydoniga safar qilsa, "gazchilar" o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi.







Abdulaziz Iskandarov 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика