10 iyun kuni O'zbekiston - Suriya uchrashuvi oldidan matbuot anjumani o'tkaziladi
09 iyu 2019 22:16
Yangiliklar


10 iyun kuni O'zbekiston - Suriya uchrashuvi oldidan matbuot anjumani o'tkaziladi
Xabaringiz bor, shu yilning 11 iyun kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Suriya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.
Mazkur o'yin oldidan 10 iyun dushanba kuni "Milliy" stadionda ikki terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi.
Dastlab, soat 17:30da mehmonlar bosh murabbiyi jurnalistlar savollariga javob beradi. Keyin soat 18:00da Suriya terma jamoasining o'yinoldi mashg'uloti o'tkaziladi. Soat 18:30da esa O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirokidagi matbuot anjumani boshlanadi. Soat 19:00da esa O'zbekiston milliy terma jamoasining mashg'uloti bo'lib o'tadi.
Barcha turdagi ommaviy axborot vositalari xodimlarini matbuot anjumaniga taklif etamiz.
O’xshash yangiliklar
15:12
Muxlislar bilan to'lgan, "Navbahor" "Oq-tepa" ustidan minimal g'alabaga erishgan o'yindan GALEREYA 3

Fikrlar