So’nggi yangiliklar

18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  0 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  2 17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:06"Пахтакор" йирик агентлик мижози бўлган ироқлик футболчига кўз тикди  5 16:40Расман: "Арсенал" АПЛ клуби сардорини қўлга киритди  2 16:24Суперлиганинг 2 та клуби Ироқ терма жамоаси хавбекига даъвогарлик қилмоқда  4 16:03"Насаф" 3 та позицияга легионер олиб келади  7 15:41Ҳожимат Эркинов собиқ клуби ҳакамларни сотиб олишда айбланиб чемпионатдан четлаштирилди  5 15:15Суперлига-2025. Биринчи даврада мураббийлар томонидан айтилган фикрлардан сара иқтибослар   2 15:01"Олимпик" вакиллари 2 ойдан бери маош олишмаяпти  3 14:53"Олимпик"ка бош мураббий тайинланди  7 14:33Маскерано: "Мен учун Месси – футбол тарихидаги энг яхши футболчи"  11 14:05ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди  21 13:43"Шўртан" 4 нафар футболчиси билан хайрлашди  2 13:22Милитао: "Реал" учун қаттиқ ишлашда давом этиш муҳим"  7

Zohid Karimov: "Muxlislar uchun Osiyo Kubogi musobaqasi to'liq hajmda namoyish etiladi" Yangiliklar

Zohid Karimov: "Muxlislar uchun Osiyo Kubogi musobaqasi to'liq hajmda namoyish etiladi"

Xabaringiz bor, 2019 yilning 5 yanvar - 1 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida 17-Osiyo Kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi.

Musobaqada Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi. Yurtimizdagi muxlislar mazkur musobaqadan o'rin olgan uchrashuvlarni O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasining "Sport" telekanali orqali tomosha qilishlari mumkin. Ayni paytda mazkur musobaqani to'liq hajmda muxlislar etiboriga havola qilish  uchun katta mehnat amalga oshirilmoqda. Bu haqida O'FA Matbuot xizmatiga "Sport" telekanali direktori Zohid Karimov malum qildi.

"Sport" telekanalining yaqin hamkori bo'lgan Franciyaning "Lagardère" kompaniyasi orqali Osiyo Kubogi musobaqasini translyaciya qilish huquqi qo'lga kiritildi. Ayni paytda mazkur musobaqani to'liq ravishda muxlislar etiboriga havola qilish uchun katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda. Yurtimizdagi muxsliar Osiyo Kubogi - 2019 musobaqasidan o'rin olgan barcha 51ta uchrashuvni jonli efirda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan parallel ravishda kechadigan o'yinlar esa Milliy teleradiokompaniya tarkibiga kiruvchi "UzHD" yoki "Mahalla" telekanali orqali namoyish qilinadi. "Sport" telekanali sharhlovchilari mazkur turnirdan o'rin olgan uchrashuvlarni bevosita stadiondan turib sharhlab borishlari rejalashtirilgan. Faqatgina mazkur masalaning texnik echimini kutyapmiz.  

Muxlislarga qulaylik tug'dirish maqsadida, jonli efirda namoyish qilingan uchrashuvlar ertasi kuni soat 08:00dan boshlab yana takroran namoyish qilinadi. Bundan tashqari, har kuni "Osiyo Kubogi kundaligi" berib boriladi. Ushbu dasturda barcha o'yinlarda kiritilgan gollar va etiborga molik vaziyatlar efirga uzatib boriladi. SHuningdek, "Sport" telekanali studiyasida Osiyo Kubogi musobaqasiga bag'ishlangan dasturlar tashkil qilinib, bu dasturlarda mutaxassislar bo'lib o'tayotgan uchrashuvlar haqida o'z fikrlari bilan chiqish qilib turishadi. Xullas, O'zbekistondagi muxlislarni Osiyo Kubogi musobaqasi muhitiga olib kirish uchun qo'ldan kelgancha harakat qilamiz", - deya Zohid Karimov so'zlarini keltiradi O'FA Matbuot xizmati.

 

Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика