So’nggi yangiliklar

15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  1 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  2 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  13 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  5 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  3 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10

Yilning eng yaxshi yarim himoyachisi - Javlon Ibrohimov Yangiliklar

Yilning eng yaxshi yarim himoyachisi - Javlon Ibrohimov

"Championat.asia" sayti odatga ko'ra o'z talqini bo'yicha "Yilning eng yaxshilari"ni aniqlaydi.

Dastlab yilning eng yaxshi darvozaboni va himoyachisini elon qilgandik. Endi poziciya bo'yicha eng yaxshi yarim himoyachini aniqlaymiz.

Demak, Superliga-2018da yilning eng yaxshi yarim himoyachisi bo'lishga nomzodlar quyidagicha ko'rinish oldi:

Sardor Mirzaev ("Lokomotiv")
Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor")
Sardor Sobirxo'jaev ("Bunyodkor")
Azam Aliev ("Navbahor")
Jasur Hasanov (AGMK)

Saytimiz xodimlari o'rtasidagi so'rovnomaga ko'ra, joriy mavsumda O'zbekiston chempionatida faoliyat ko'rsatgan futbolchilarning poziciya bo'yicha eng yaxshilarini aniqladik. Unga ko'ra, Superligada yilning eng yaxshi yarim himoyachisi deya "Bunyodkor" futbolchisi Javlon Ibrohimov topildi.

Javlon Ibrohimov "Bunyodkor" safida o'tgan mavsumda yuqori darajada barqaror o'yin ko'rsatdi. Garchi tayanch yarim himoyachisi bo'lishiga qaramasdan, Ibrohimov jamoasining bir qator muhim gollariga mualliflik qildi. Malum muddat chempionat to'purarlari poygasida peshqadamlik qilishga ham muvaffaq bo'ldi.

SHuningdek, so'rovnomada "Loko" safida ajoyib mavsumni o'tkazgan Sardor Mirzaev g'oliblikni qo'lga kiritgan Javlon Ibrohimovga etarlicha raqobat tug'dirdi. Faqatgina birgina ovoz farqi bilan shohsupa Javlon Ibrohimovga nasib etdi. "Nasaf" va AGMK tarkibida ajoyib o'yinlar ko'rsatgan Jasur Hasanov ham laureatlar ichida ovoz to'plashga erishdi. "Bunyodkor"ning yana bir markaziy yarim himoyachisi Sardor Sobirxo'jaev ham nomzodlar qatoridan o'rin oldi va bitta ovoz to'pladi. Nomzodlar qatoriga kirgan "Navbahor" tayanch yarim himoyachisi Azam Aliev ovoz to'plamadi.


Quyida saytimiz xodimlari kimga ovoz berishganini havola etamiz:

Narzulla Saydullaev - Jasur Hasanov
Tolibjon Qosimov - Javlon Ibrohimov
SHahboz Beg'amov - Javlon Ibrohimov
Jahongir Fayzullaev - Sardor Mirzaev
Zoir Tursunboev - Sardor Mirzaev
Nig'mon Nazimov - Javlon Ibrohimov  
Alisher Xolmatov - Jasur Hasanov
Nozima Zaripova - Jasur Hasanov  
Xayrulla Xoliqov - Sardor Mirzaev  
Jasur Aslanov - Javlon Ibrohimov
Nodirxo'ja Yuldashev - Sardor Mirzaev  
Gayrat Xasbiulin - Sardor Sobirxo'jaev
Asror Abdunazarov - Javlon Ibrohimov


SHu tariqa "Bunyodkor" azosi Javlon Ibrohimov "CA" talqini bo'yicha Superliga-2018da yilning eng yaxshi yarim himoyachisi deb topildi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика