Yilning eng yaxshi himoyachisi - Anzur Ismoilov

"Championat.asia" sayti odatga ko'ra o'z talqini bo'yicha "Yilning eng yaxshilari"ni aniqlaydi.

Dastlab yilning eng yaxshi darvozabonini e'lon qilgandik. Endi poziciya bo'yicha eng yaxshi himoyachini aniqlaymiz.


Demak, Superliga-2018da yilning eng yaxshi himoyachisi bo'lishga nomzodlar quyidagicha ko'rinish oldi:

Anzur Ismoilov ("Lokomotiv")
Sherzod A'zamov ("Paxtakor")
Farruh Sayfiev ("Paxtakor")
Igor Golban ("Navbahor")
Vladimir Bubanya (AGMK)


Saytimiz xodimlari o'rtasidagi so'rovnomaga ko'ra, joriy mavsumda O'zbekiston chempionatida faoliyat ko'rsatgan futbolchilarning poziciya bo'yicha eng yaxshilarini aniqladik. Unga ko'ra, Superligada yilning eng yaxshi himoyachisi deya "Lokomotiv" himoyachisi Anzur Ismoilov topildi.

Darhaqiqat, ushbu himoyachisi "Loko"ga kelganidan so'ng jamoaning mudofaa chizig'i ancha tartibga keldi. "Lokomotiv"ning chempionlik shohsupasiga chiqishida aynan Ismoilovning himoyadagi ishonchli o'yini va muhim gollarni urgani hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi.

Shuningdek, so'rovnomada chempionat davomida barqaror o'ynagan Sherzod A'zamov, mavsumning ikkinchi qismida porlagan Farruh Sayfiev ham ovoz to'plashga muvaffaq bo'ldi.


Quyida saytimiz xodimlari kimga ovoz berishganini havola etamiz:

Narzulla Saydullaev - Anzur Ismoilov
Tolibjon Qosimov - Sherzod A'zamov
Shahboz Beg'amov - Sherzod A'zamov
Jahongir Fayzullaev - Anzur Ismoilov
Zoir Tursunboev - Farruh Sayfiev  
Nig'mon Nazimov - Anzur Ismoilov  
Alisher Xolmatov - Anzur Ismoilov  
Nozima Zaripova - Anzur Ismoilov  
Xayrulla Xoliqov - Anzur Ismoilov  
Jasur Aslanov - Anzur Ismoilov  
Nodirxo'ja Yuldashev - Anzur Ismoilov  
Gayrat Xasbiulin - Anzur Ismoilov
Asror Abdunazarov - Anzur Ismoilov  


Shu tariqa "Lokomotiv"ni chempionlik sari etaklagan Anzur Ismoilov Superligada yilning eng yaxshi himoyachisiga aylandi.

Qayd etish kerakki, Anzur Ismoilov "Lokomotiv"ga kelganidan so'ng jamoa Superligada umuman mag'lubiyatga uchragani yo'q. Ismoilov "Loko" safida 15 o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 4 marotaba ishg'ol etishni uddasidan chiqdi.

"CA" talqini bo'yicha Anzur Ismoilov Superliga-2018da yilning eng yaxshi himoyachisi deb topildi.


Manba: championat.asia