So’nggi yangiliklar

22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  0 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   30 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  5 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  0 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  6 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  24 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  6 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  3 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  1

"TransferUz": "Navbahor" va "Paxtakor" "Nasaf" etakchisiga qiziqmoqda Yangiliklar

"TransferUz": "Navbahor" va "Paxtakor" "Nasaf" etakchisiga qiziqmoqda

Saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov qishda chempionatimizda shov-shuvli transferlar amalga oshishi kutilayotganini malum qildi.

Yangi mavsumda o'z oldiga jiddiy vazifalar qo'yadigan "Navbahor" va "Paxtakor" jamoalari allaqachon selekciya ishlarini boshlab yuborishgan.

Xususan "Navbahor" jamoasida ko'plab o'zgarishlar va tarkib keskin kuchayishi kutilmoqda. Ayni paytda jamoaga kelishi mumkin bo'lgan ro'yxatda, yani klubning transfer short-listida ko'plab tajribali futbolchilar, iqtidorli yoshlar va kuchli ijrochilar o'rin olishgan.

"Navbahor" jamoasi asli namanganlik bo'lgan "Nasaf"ning etakchi futbolchisi Odiljon Hamrobekovga jiddiy qiziqmoqda. O'zbekiston terma jamoasi azosi hisoblanmish Hamrobekovga "Navbahor"dan tashqari "Paxtakor" jamoasi ham befarq emas.

Hamrobekovning amalda "Nasaf" bilan tuzgan shartnomasi mavjud va klub rahbariyati jiddiy va ularni qiziqtira oladigan takliflar borasida o'ylab ko'rishini bildirdi.

Yozgi transfer oynasi paytida ham "Nasaf"ning qator futbolchilariga takliflar kelib tushgan, ammo klub ularni qo'yib yubormagandi. Aniqrog'i, "Paxtakor"ning Aziz G'anievni 3 milliard evaziga sotib olish taklifiga rad javobini bergan "Nasaf" Hamrobekovning transfer qiymatini qancha baholashiga ham ko'p narsa bog'liq.

Odiljon Hamrobekovning transfer masalasi ko'p ehtimoldan Osiyo Kubogidan so'ng malum bo'lishi mumkin. "Nasaf" rahbariyati Osiyo Kubogiga borish imkoniyati ko'p bo'lgan futbolchisining qita chempionatidagi ishtirokidan kelib chiqib takliflarni o'rganib chiqishi haqiqatga yaqinroq. Futbolchi ham o'zining keyingi faoliyatini aynan qita chempionatidan keyin o'ylab ko'rishi mumkin.

"TransferUz": Turg'unboev "Paxtakor"ni tanlaydimi yoki "Navbahor"da qoladimi?

 «TransferUz»: «Paxtakor» Xitoy chempioni va sobiq futbolchilarini olib kelmoqchi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика