So’nggi yangiliklar

16:03"Насаф" 3 та позицияга легионер олиб келади  2 15:41Ҳожимат Эркинов собиқ клуби ҳакамларни сотиб олишда айбланиб чемпионатдан четлаштирилди  2 15:15Суперлига-2025. Биринчи даврада мураббийлар томонидан айтилган фикрлардан сара иқтибослар   1 15:01"Олимпик" вакиллари 2 ойдан бери маош олишмаяпти  3 14:53"Олимпик"ка бош мураббий тайинланди  5 14:33Маскерано: "Мен учун Месси – футбол тарихидаги энг яхши футболчи"  10 14:05ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди  20 13:43"Шўртан" 4 нафар футболчиси билан хайрлашди  2 13:22Милитао: "Реал" учун қаттиқ ишлашда давом этиш муҳим"  6 12:53"Комо" "Манчестер Сити" футболчиси ҳуқуқларига эга чиқиши мумкин  1 12:25"Интер" "Челси" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 11:57Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада"  13 11:28Трамп КЖЧ финалига келади  4 10:55"Интер Майами" ғалаба қозонди, Лионел Месси эса кетма-кет тўртинчи ўйинда дубль қайд этди  23 10:51"Бавария" Бундеслигадаги рақобатчининг асосий футболчисини сотиб олмоқчи  1

Superliga-2018. "Paxtakor" o'yinlarini boshqargan hakamlar Yangiliklar

Superliga-2018. "Paxtakor" o'yinlarini boshqargan hakamlar

Yakuniga etgan Superliga hakamlari borasida statistik malumotlarni berishda davom etamiz.

CHempion "Lokomotiv"dan keyin ikkinchi o'rinni egallagan "Paxtakor" ishtirokidagi bahslarni boshqargan hakamlar ro'yxatiga etibor qaratamiz. Bu yil "Paxtakor" o'yinlarini eng ko'p boshqargan hakam SHerzod Qosimov bo'ldi, u besh marta "sherlar" ishtirokidagi bellashuvlarda hakamlik qildi. Bunda "Paxtakor" 2 g'alaba, 2 durang va bir marta mag'lubiyat qayd etdi.

SHunday bo'ldiki, SHerzod Qosimov ketma-ket uch marta "Paxtakor"ning uy uchrashuvlarida hakamlik qildi. Bunaqasi yaqin orada hech bir jamoa bilan kuzatilmagandi. Eng ko'p boshqarish bo'yicha Vladislav Ceytlin ikkinchi o'rinni egalladi. Ceytlin ishlagan 4ta o'yinda "Paxtakor" faqat g'alaba qozondi: ikki bor o'z maydonida va ikki marta safarda. Hasan Ro'ziev boshqargan uchta o'yinda ham "Paxtakor" g'alabaga erishdi, farqi shundaki, SHota Arveladze shogirdlari birorta ham to'p o'tkazib yuborishmadi.

Yana bir qiziq jihati, bu yil "Paxtakor"ning ikki uchrashuvini xorijlik hakamlar boshqardi. Safarda "Navbahor" bilan kechgan o'yinni bahraynlik Navaf SHukrulla boshqarib jamoa mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, o'z maydonida eronlik Alirizo Fag'oni hakamlik qilgan bahsda "Lokomotiv" bilan durang qayd etdi. Bu yil Superliga bahslarini jami 20 nafar hakam boshqargan bo'lsa, shulardan 4tasi "Paxtakor" ishtirokidagi o'yinlarda ishlamadi. Bular - Akobir SHukrullaev, Jasur Muxtorov, Zokir Qodirov va Asker Najafaliev.    

Quyida "Paxtakor" ishtirokidagi bahslarni kim necha marta boshqarganini keltirib o'tamiz.

SHerzod Qosimov - 5 (2 g'alaba, 2 durang, 1 mag'lubiyat)
"Bunyodkor" - "Paxtakor" 1:0
"Paxtakor" - "Navbahor" 1:0
"Paxtakor" - "Qo'qon-1912" 1:1
"Paxtakor" - "Bunyodkor" 1:0
"Qo'qong'1912" - "Paxtakor" 1:1

Vladislav Ceytlin - 4 (4 g'alaba)
"Paxtakor" - AGMK 2:1
AGMK - "Paxtakor" 0:1
"Buxoro" - "Paxtakor" 2:6
"Paxtakor" - "Bunyodkor" 4:0

Ravshan Ermatov - 3 (2 g'alaba, 1 mag'lubiyat)
"Nasaf" - "Paxtakor" 2:3
"Paxtakor" - "Nasaf" 4:0
"Paxtakor" - "Lokomotiv" 1:3

Viktor Serazitdinov - 3 (2 durang, 1 g'alaba)
"Lokomotiv" - "Paxtakor" 0:0
"Qizilqum" - "Paxtakor" 1:2
"Paxtakor" - "Navbahor" 0:0

Hasan Ro'ziev - 3 (3 g'alaba)
"Metallurg" - "Paxtakor" 0:5
"Paxtakor" - "Buxoro" 2:0
"Bunyodkor" - "Paxtakor" 0:2

Temur To'xtasinov - 2 (1 g'alaba, 1 mag'lubiyat)
"Paxtakor" - "So'g'diyona" 2:0
"Buxoro" - "Paxtakor" 1:0

Valentin Kovalenko - 2 (1 durang, 1 g'alaba)
"Neftchi" - "Paxtakor" 1:1
"Paxtakor" - "Buxoro" 2:1

Aziz Asimov - 2 (1 g'alaba, 1 durang)
"Paxtakor" - "Neftchi" 3:0
"Navbahor" - "Paxtakor" 3:3

Ahrol Risqullaev - 1 (mag'lubiyat)
"Lokomotiv" - "Paxtakor" 3:2

Vadim Agishev - 1 (g'alaba)
"Paxtakor" - "Qizilqum" 2:1

Ilgiz Tantashaev - 1 (g'alaba)
"So'g'diyona" - "Paxtakor" 0:1

Olim To'ychiboev - 1 (g'alaba)
"Paxtakor" - "Metallurg" 3:0

Ishoq Ibragimov - 1 (g'alaba)
"Metallurg" - "Paxtakor" 0:3

SHavkat Nasibullaev - 1 (g'alaba)
"Paxtakor" - "Metallurg" 2:1

Navaf SHukrulla - 1 (mag'lubiyat)
"Navbahor" - "Paxtakor" 1:0

Alirizo Fag'oni - 1 (durang)
"Paxtakor" - "Lokomotiv" 1:1

X.Xoliqov.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика