So’nggi yangiliklar

18:34Эктор Купер Месси билан боғлиқ қизиқ воқеани ёдга олди  4 18:31Суперлига. ОКМК - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  1 17:59Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" (матнли трансляция)  0 17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  3 17:19Флик: "Бу икки гол Рэшфордга олдинга қадам ташлашга ёрдам беради"  4 16:50"Ҳоландни Левандовски, Месси ва Роналду каби ҳужумчилар қаторида эканлиги билан табриклайман" — Гвардиола  0 16:23Элит ОЧЛ. 1-тур якунлари  2 15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  3 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  5 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  11 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0 13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0 13:18"Қайрат"нинг 18 ёшли посбони Касильясни ортда қолдирди  0 12:50Моуринью "Бенфика" қароргоҳига қора Ferrari'да келди  2

"Paxtakor" – "Neftchi" va boshqa uchrashuvlardagi xatolar. Superliganing 21-turida hakamlik tahlili Yangiliklar

"Paxtakor" – "Neftchi" va boshqa uchrashuvlardagi xatolar. Superliganing 21-turida hakamlik tahlili

Championat.asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali) o'z hakamlar jamoasi bilan birga Superliganing 21-tur o'yinlaridagi bahsli holatlarni tahlil qildi.

"Mashal" - "Sho'rtan"

Mutlaqo normal sportga xos kurash sodir bo'lgan. "Mashal" jamoasi o'yinchisi "elkama-elka" usulida o'ynayapti, to'p o'yin masofasida turibdi. Bizning fikrimizcha, hakam o'yinni davom ettirishga qaror qilib, to'g'ri yo'l tutdi.

VIDEOLAVHA HAVOLASI


✅❌  "Mashal" - "Sho'rtan"

Maydon markazidagi ikki o'yinchi o'rtasidagi to'qnashuv butunlay o'yin doirasida: ikkala o'yinchi ham to'pga qaragan, ularning yo'nalishlari kesishdi, ammo hech kim qoidani buzmadi. Jarima maydonida esa, bizning fikrimizcha, hakam "Mashal" darvozasiga penalti belgilab xato qilgan. Darvozabon to'pga o'ynadi, so'ngra hujumchi bilan engil va muqarrar to'qnashuv yuz berdi. Ushbu holat bo'yicha xulosamiz – o'yinni davom ettirish kerak edi.

VIDEOLAVHA HAVOLASI


"Mashal" - "Sho'rtan"

"Sho'rtan" o'yinchisi to'pga birinchi etib bordi. U darvozaga zarba berganidan so'ng (yani harakatni to'liq tugatganidan keyin), darvozabon uning boshiga engil tegib o'tdi. Bu vaziyatda qo'pol o'yin haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas, shuning uchun hakam o'yinni to'g'ri davom ettirdi deb hisoblaymiz.

VIDEOLAVHA HAVOLASI


"Mashal" - "Sho'rtan"

Bizningcha, hakam o'yinni davom ettirib, to'g'ri qaror qabul qildi. "Mashal" jamoasi futbolchisi etiborini to'pga qaratgan edi, shundan so'ng to'p uning qo'liga tegib ketdi. Bu holat qoidabuzarlik hisoblanmaydi.

VIDEOLAVHA HAVOLASI


"So'g'diyona" - OKMK

Bu erda ham hakamning xatosini ko'rmayapmiz. "So'g'diyona" o'yinchisi to'pni raqibdan o'tkazmoqda, OKMK darvozaboni ikki oyoqda turib, to'qnashuvdan qochishga urinmoqda. To'qnashuv tashabbuskori hujumchi hisoblanadi. To'g'ri qaror – o'yinni davom ettirish.

VIDEOLAVHA HAVOLASI


"So'g'diyona" - OKMK

OKMK o'yinchisi taktik xato qilib, raqibini qo'llari bilan ushlab oldi va uning harakatlanishiga jiddiy to'sqinlik qildi. Fikrimizcha, hakam bu vaziyatda jarima zarbasi belgilamasdan xatoga yo'l qo'ydi. VAR tizimi holatga aralashib, bosh hakamni monitor oldiga taklif qilishi lozim edi.

P.S. Ushbu epizoddan so'ng OKMK tezda hujum uyushtirib, raqib darvozasini ishg'ol qildi. Gol bekor qilinishi kerak edi.

VIDEOLAVHA HAVOLASI


"Navbahor" - "Surxon"

"Navbahor" himoyachisi to'pga qo'l bilan o'ynamoqda. Qo'l tanani g'ayritabiiy tarzda kengaytirgan va tanadan uzoqda turibdi. Bizning fikrimizcha, video yordamchi bosh hakamni takroriy vaziyatni ko'rib chiqish uchun taklif etishi lozim edi. To'g'ri qaror – intizomiy choralar qo'llamasdan penalti belgilash.

VIDEOLAVHA HAVOLASI


"Paxtakor" - "Neftchi"

Dastlab hakam "Paxtakor" o'yinchisining qo'pol va tajovuzkor xatti-harakatini qayd etmay, xatoga yo'l qo'ydi. U raqibining yuziga tirsagi bilan zarba bergan edi. VAR vaziyatga to'g'ri aralashdi. To'g'ri qaror – jarima zarbasi va qizil kartochka.

VIDEOLAVHA HAVOLASI


"Paxtakor" - "Neftchi"

Bu erda ham, bizning fikrimizcha, hakam xatoga yo'l qo'ydi. "Neftchi" himoyachisi to'pga o'ynamasdan, oyoq qo'yib, raqibini yiqitdi. VAR yana to'g'ri aralashib, hakamni videotakrorni ko'rishga taklif etdi. Penalti to'g'ri belgilandi.

VIDEOLAVHA HAVOLASI


"Paxtakor" - "Neftchi"

Hakam o'yinni to'g'ri davom ettirdi. "Paxtakor" himoyachisining qo'li tanani g'ayritabiiy kattalashtirmadi, balki tanaga yaqin joylashgandi. Agar qo'l bo'lmaganida, to'p himoyachining tanasiga tekkan bo'lar edi.

VIDEOLAVHA HAVOLASI


"Paxtakor" - "Neftchi"

"Neftchi" o'yinchisi qo'li bilan raqibning yuziga urib, ehtiyotsiz ravishda qo'pol xato qildi. To'g'ri qaror – jarima zarbasi va sariq kartochka.

VIDEOLAVHA HAVOLASI


"Paxtakor" - "Neftchi"

Hakam "Neftchi" o'yinchisiga qo'pol harakati uchun sariq kartochka ko'rsatmagani xato bo'ldi. U yakkama-yakka kurashga kirishayotganda, ehtimoliy oqibatlarni hisobga olmay, darvozabonga xavfli tarzda hujum qildi. To'g'ri qaror jarima zarbasi bilan birga sariq kartochka ko'rsatish edi.

VIDEOLAVHA HAVOLASI


"Qo'qon-1912" - "Qizilqum"

Hakam "Qizilqum" darvozasiga penalti belgilashda to'g'ri qaror qabul qildi. Himoyachining qo'li tabiiy bo'lmagan tarzda tana maydonini kengaytirgan, qo'lning to'p tomon harakati ham kuzatilgan.

VIDEOLAVHA HAVOLASI


"Qo'qon-1912" - "Qizilqum"

"Qizilqum" futbolchisi to'pga o'ynashga urinmasdan, ataylab raqibning orqasidan oyog'ining himoyasiz qismiga zarba berdi. Uning harakatlarini tajovuzkor deb baholash mumkin. Bunday vaziyatlar jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bizning fikrimizcha, hakam qizil kartochka o'rniga sariq kartochka ko'rsatib, xato qildi. VAR vaziyatga to'g'ri aralashdi.

VIDEOLAVHA HAVOLASI


"Bunyodkor" - "Xorazm"

Darvozabon to'pga o'ynamay, ehtiyotsizlik bilan raqibning yuziga qo'li bilan urib yubordi. Bizning fikrimizcha, to'g'ri qaror – penalti belgilash va darvozabonga sariq kartochka ko'rsatish. VAR to'g'ri aralashadi.

VIDEOLAVHA HAVOLASI


Shu tariqa, Superliganing 21-tur o'yinlarida hakamlar 6 ta xatoga yo'l qo'ydi.

Reyting: +1   

Fikrlar

+2   
17 sen 10:39:33
Бахтиёр Ашуров
Ҳакам Ғофуров Эркиновни юзига тирсак билан уриб йиқитганига этибор ҳам, қилмади!
+1   
17 sen 19:28:05
Samsung
Тохир Гайибов foydalanuvchining fikriga javob berish
Пахтакорга пенальти берилган холатда,Цигер оёгини каёкка олиш кк эди? Судья Нефтчини фойдасига пенальти бермаслик учун,пахтакорга пен берди. СА ходимларини узини шархи бу пахтачилар командаси хаммаси.
Ózi kòrdizmi òyinni aynan shu vaziyatini? Tsiger ótib ketib bóganidan keyin Alijonovga qarab oyoğini orqaga tashladiku. Betta oyoğini qatga osin diyish notòġri. Umuman shubxalimas. Shubxali joyi Ğofurovga qizil berilmadi
+1   
17 sen 14:30:17
PAKHTAKOR CHEMPION
mayli Paxtakor sudyasiga qoshib komib qoydi kamiga neftchi muxlislari xakammi sokib yuripti yana nima qiberish kere
   
17 sen 14:16:05
Umid Tursunov
Ekspertlar Pahtakorchiyu penalti yoq edi himoyachi oldin topga tegdi Neftchiga penalti bermaslik uchun....!!!!
   
17 sen 10:55:52
Wonderboy7
Бу Экспертлар ютиб булмас экан, хохлаган томонига буриб юбораверади узларига боглик вазиятни кандай курсатиш... афсус инсоф булмаса кийин
-1   
17 sen 12:47:01
Мирзаев Б
Хакам пахтакор футболчисига кизил бериб тугри килди, лекин айбини ювиш учун пенальти олиб берди
-1   
17 sen 10:53:58
Wonderboy7
Сергеев пеналтиси булишидан олдин Иброхим халил Юлдашевга куполлик килиб тухтатишганига жарима зарба бермади, карши хужум давомида пеналти булди
championat.asia
Яндекс.Метрика