18 iyu 08:30

"O'zbekistonda qolsam, "Bunyodkor"dan boshqa jamoaga o'tmasdim" - Luis Kachorri bilan intervyu

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Muallif : Iskandarov Abdulaziz
Albaniyalik hujumchi Luis Kachorri O'zbekiston Superligasining 2025 yilgi mavsumi birinchi davrasida "Bunyodkor" safidagi yorqin o'yini, gollari va xarakterli o'yin uslubi bilan muxlislar etiborini qozondi.

U jamoaga tez moslashdi, bir necha muhim o'yinlarda natija hal qiluvchi figuraga aylandi. Yaqinda esa shartnomasi yakunlanib, jamoani tark etgan Kachorri bilan  O'zbekistondagi faoliyati, futbol va hayot haqidagi fikrlari hamda kelajakdagi rejalari haqida suhbatlashdik.

— O'zbekistondagi faoliyatingiz va "Bunyodkor"dagi o'yinlaringizga qanday baho berasiz?

— "Bunyodkor"da juda yaxshi vaqt o'tkazdim. Bu faoliyatimdagi eng yaxshi mavsumlardan biri bo'ldi, desam mubolag'a bo'lmaydi. Bir yil to'liq o'ynadim. Bu vaqt davomida o'zimni ko'rsata oldim deb o'ylayman. Albatta, boshida moslashish oson bo'lmadi, lekin keyin barchasi o'z o'rniga tushdi.

— Toshkentdagi hayotingiz qanday o'tdi? Mahalliy madaniyat sizda qanday taassurot qoldirdi?

— Toshkent menga juda yoqdi. Bu shahar — tinch, samimiy, xavfsiz. Mahalliy madaniyat, odamlarning iliq munosabati menda faqat ijobiy hislar qoldirdi. Agar futbolchi sifatida emas, turist sifatida bo'lsa ham, O'zbekistonga yana qaytish niyatim bor.

— O'zbekiston Superligasida himoyachilarga qarshi o'ynash qay darajada qiyin bo'ldi?

— Superligadagi himoyachilar ancha qattiq. Jismoniy tayyorgarliklari yaxshi, pozicion jihatdan ham yaxshi to'p tepishadi. Bu chempionatda to'p surish oson emas, lekin aynan shu qiyinchiliklar mening o'sishimga sabab bo'ldi.

— Nega jamoani tark etishga qaror qildingiz? Bu qaror qanchalik oson bo'ldi? Moliyaviy jihatlar muhim omil bo'ldimi? Va nima uchun odatda bir jamoada uzoq to'p tepmaysiz?

— Asosiy sabab — moliyaviy. Agar men O'zbekistonda qolganimda, "Bunyodkor"dan ketmagan bo'lardim. Bu jamoa menga ishondi, men esa maydonda javob qaytarishga harakat qildim. Jamoani tark etish men uchun oson bo'lmadi. Har safar joyni almashtirish ortida muayyan sharoitlar va qarorlar turadi.

— "Bunyodkor"dagi faoliyatingiz davomida eng kulguli yoki esda qolarli voqea qaysi biri bo'lgan?

— Juda ko'p kulguli va esda qolarli voqealar bo'ldi. Ammo ularning ko'pchiligi shaxsiy, jamoa ichida bo'lgan holatlar. Shu bois hammasini ochiq ayta olmayman. Lekin "Bunyodkor"dagi muhit menda faqat yaxshi xotiralar qoldirdi.

— O'zbekistondagi eng kuchli futbolchi va eng yaxshi legioner deb kimni aytgan bo'lardingiz?

— Eng kuchli futbolchi sifatida Odil Hamrobekovni tanlagan bo'lardim. U katta tajribaga ega, o'yinni yaxshi his qiladi. Legionerlardan esa ikkita nomni aytardim: bizdagi Bugarin — kuchli himoyachi, shuningdek "Neftchi"da o'ynagan Yovovich ham ancha yuqori saviyadagi futbolchi.

— Bir mamlakatdagi tajriba insonni nafaqat futbolchi, balki shaxs sifatida ham o'zgartirishi mumkin. O'zbekiston sizni qay jihatdan o'zgartirdi?

— Men inson sifatida o'sdim, desam to'g'ri bo'ladi. Ayniqsa, o'tgan mavsum boshidagi qiyinchiliklar menga kuch berdi. O'zimga bo'lgan ishonchim oshdi, mentalitet jihatdan yanada mustahkamlandim. Bu faqat futbolda emas, hayotda ham menga katta foyda berdi.

Bu xabar bilan bo'lishing:
  -1 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

0
18/07 11:20
Liverol Motor Oil
Саволларнинг хам еббббатларини беришадиде. Каччори хам озгина думкага тушиб қолиб кейин "дахуйсним" озгина мақтаворақолай дегандур))
0
18/07 10:34
Bugatti vieyron
Negadur osh haqida so‘ramay qo‘yishdi
0
18/07 08:45
Oliver Kan
Bizi jurnalistlarni hammasi bir xil savollar beradi
Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика