So’nggi yangiliklar

21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хёйсен эса...  0 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  2 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  8 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  2 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  9

OFK: Odil Hamrobekov - etiborga molik futbolchi Yangiliklar

OFK: Odil Hamrobekov - etiborga molik futbolchi

Osiyo futbol konfederaciyasining rasmiy sayti www.the-afc.com Osiyo Kubogi oldidan ishtirokchi terma jamoalar tarkibida porlashi kutilayotgan futbolchilar haqida turkum maqolalar elon qilib bormoqda.

Bu safar OFK sayti O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Hamrobekovga etibor qaratdi. Quyida etiboringizga OFK saytida elon qilingan maqolaning tarjimasini havola qilamiz:
 
O'zbekiston milliy terma jamoasi o'zining 7-Osiyo Kubogi hisoblangan BAAda bo'lib o'tadigan musobaqada bir qator futbolchilar qatori Odil Hamrobekovga ham katta umid bog'lamoqda.
 
O'zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin o'tkazilgan barcha Osiyo Kubogi musobaqalarida ishtirok etgan. Uch marta chorak final va bir marta (2011 yilda) yarim finalga qadar etib borgan. Endilikda O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi finaliga yo'l olmoqchi.
 
MTJdagi debyut
 
Odil Hamrobekov 2017 yil milliy terma jamoa tarkibida BAAga qarshi o'yinda debyut qilgan bo'lib, shu paytga qadar "Oq bo'rilar" tarkibida 9ta o'yinda maydonga tushgan.
 
Yarim himoyachi shu yil yanvarda bo'lib o'tgan U-23 Osiyo chempionatida musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi sifatida etirof etilgandi.


 
O'yin uslubi

22 yoshli Odil Hamrobekov maydonni yaxshi ko'ra oladi, raqiblari o'yinini alo darajada o'qiydi. U yarim himoya, tayanch yarim himoya va himoya chizig'ida o'ynay oladi.

Ishonchli tarzda himoyalana olish uning yagona yutug'i emas. Hamrobekov hujumlarga ham faol qo'shiladi, o'yin tempini nazorat qilishi mumkin. Kerak paytlarda sovuqqonlik bilan harakat qila oladi.
 
Odil Hamrobekov
 
Fuqaroligi: O'zbekiston
Tug'ilgan sanasi: 13.02.1996
Poziciya: Yarim himoyachi
Hozirgi klubi: "Nasaf" (O'zbekiston)
Avvalgi klubi: Yo'q

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика