So’nggi yangiliklar

00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  2 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  3 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  4 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  12 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  9 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  8

"Nasaf" lageridan daraklar Yangiliklar

"Nasaf" lageridan daraklar

Ayni paytda qishki tatilni o'tkazayotgan klub yil so'nggida yig'ilmasligi malum bo'ldi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qildi.

"Nasaf" klubi qarorgohida tamirlash ishlari olib borilayotgani va jamoaning aksariyat futbolchilari milliy hamda olimpiya terma jamoalariga jalb etilgani bois dastlabki yig'in yanvarga qoldirildi.

Ayni paytda jamoani rasman bir nafar futbolchi tark etgan. Bu "Nasaf"ning ko'p yillik fidoiy futbolchisi Maqsud Karimov. O'tgan mavsum so'nggida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini elon qilgan himoyachidan boshqa hech kim klubni rasman tark etgani yo'q.

Kuni kecha jamoa himoyachi Umar Eshmurodov bilan o'rtadagi bitimni uzaytirishga muvaffaq bo'lgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qilgandi.

Jamoaning kelgusi rejalari va maqsadlarini rahbariyat tomonidan yangi yilda hal etiladi. Hozircha murabbiylar shtabidagi mutaxassislar, xususan jamoa ustozi Ro'ziqul Berdievning klub bilan tuzgan shartnomalari tugagan.

Katta ehtimol bilan o'rtadagi bitim yangi yilda yana uzaytiriladi. Ro'ziqul Berdiev "Nasaf"da qolishga qarshi emas. Ko'p narsa jamoaning kelasi mavsumdagi maqsad va vazifalariga bog'liq. Klub bir necha nafar iqtidorli va etakchi futbolchilariga kelayotgan takliflarni ko'rib chiqadimi yoki futbolchilari jamoada saqlab qoladimi, bu ham yangi yilda hal etilishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Nasaf" jamoasi 3 yanvardan etiboran klubning Qarshidagi qarorgohida yig'iladi va  tayyorgarlikni boshlaydi. Fevral oyida esa jamoa Turkiyada o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazishi rejalashtirilgan.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика