21 noy 2018 21:55

Malkom: “Qiyin bahslarda maydonga tushib, Valverdega o'zimning mahoratimni ko'rsatmoqchiman”

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
“Barselona” yarim himoyachisi Malkom Evropa chempionlari ligasida gol urib, o'z orzusiga erishganini takidlab o'tdi.

“Men ispanchani o'rganayapman va bu erdagi muhitga tez moslashyapman. Jamoada bir oiladekmiz, hamma bir biriga yordam berishni istaydi. Mashg'ulotlarda ko'p hazillashamiz. Munosabatlarimiz yaxshilanib bormoqda.

ECHLda debyut qilishni istagandim,. 10 daqiqami, undan kamroqmi, muhimi maydonag tushishni xohlardim. Bu mening bolaligimdagi orzuim edi. Qolaversa, men gol urishga erishdim. Bu bir umr esdan chiqmaydigan holat. Men ECHLda gol urishni istagandim, ammo bu qadar kuchli jamoaga gol uraman deb o'ylamagandim. Koutinodan pas qabul qilib olganimda, himoyachilarni aldab o'tishga qaror qildim. Murabbiy ham mendan shuni talab qilmoqda. Bu qanday amalga oshdi bilmadimu, ammo zarba  berdim va bu golga aylandi. Bundan xursandman.

O'yindan so'ng onamga qo'ng'iroq qildim va u yig'lab yubordi. Bolaligimda men unga “Barselona” safida ECHLda to'p tepishni orzu qilishim haqida gapirardim”, deydi Malkom.

Manba : Marca
Bu xabar bilan bo'lishing:
  +15 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика