So’nggi yangiliklar

08:26“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин  0 07:57“Пахтакор“ ҳужумчиси иккинчи даврани “Динамо“да ўтказади  1 07:34Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди  3 01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  10 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  5 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  14 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  1

Kuper nega gapirmayapti? Yangiliklar

Kuper nega gapirmayapti?

O'zbekiston terma jamoasi noyabr oyida Avstraliyada yig'in o'tkazdi.

Ushbu yig'in doirasida vakillarimiz dastlab Livan, so'ngra Janubiy Koreya bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishdi.

Bu bahslarda bitta durang va bitta mag'lubiyat qayd etdik.

Livan bosh murabbiyi Miodrag Radulovich o'yindan avval va keyin saytimiz uchun maxsus fikr bildirib o'tdi. Mana kecha Janubiy Koreya ustozi Paulu Bentu ham o'yindan keyin fikr bildirgan va jahonning ko'plab nashrlarida uning fikrlari chop etildi. Xatto OFK rasmiy saytida ham Bentuning gaplari chiqdi.

Lekin O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper Avstraliyaga ketishdan oldin ham, Avstraliyada ham umuman intervyu bermadi. Balki o'rtoqlik o'yinlaridan oldin va keyin matbuot anjumanlari bo'lmagandir. Lekin Avstraliyada bo'lib turgan O'FA matbuot xizmati O'zbekistondagi millionlar muxlislar uchun bosh murabbiyning fikrini olib saytga joylasa bo'lar ediku.

Radulovichdan fikr so'rabsizlar, nega Kuperdan so'ramaysizlar deyishingiz mumkin. Terma jamoamiz Avstraliyaga uchib ketishi arafasida Ektor Kuper uchun bir nechta savollar yubordik. Ammo savollar javobsiz qoldi. To'g'ri Kuper bizning saytimizning savollariga javob berishga majbur emas. Lekin hech bo'lmasa O'FA rasmiy saytiga ikki og'iz fikr bildirsa bo'lardiku.

O'FA matbuot xizmati Avstraliyadagi yig'inga olib ketilgani albatta barchamizni quvontirdi. Sababi terma jamoa yig'inidan issiqina rasmlar, videosharhlar berib borildi. Bu yaxshi albatta, lekin Kuper mazkur bahslar haqida "lom-mim" demadi. Har holda O'FA rasmiy saytida bunday xabar chiqmadi.

Terma jamoa Toshkentga qaytib kelgach O'FAdan Kuper ishtirokida matbuot anjumani tashkil etib berishini kutamiz. Sababi terma jamoa xalqniki va bosh murabbiy savollarga javob berishi kerak.



Narzulla Saydullaev

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика