So’nggi yangiliklar

07:37“Реал Мадрид“ самолёти бўрон туфайли Нюаркка аэропортига узоқ вақт қўнолмади  1 02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  20 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  6 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  13 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  8 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4

"Kuchli-beshlik": "Uik end"da barcha orziqib kutayotgan uchrashuvlar anonsi Yangiliklar

"Kuchli-beshlik": "Uik end"da barcha orziqib kutayotgan uchrashuvlar anonsi

Joriy haftadan boshlab evropa chempionatlarida tur o'yinlari yana davom ettiriladi.

FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan so'ng klublar nihoyat bugundan yana kurashga kirishishadi.

"Uik end"ning eng muhim va qiziqarli qarama-qarshiliklari haqida to'xtalib o'tamiz.

Germaniya Bundesligasida 12-tur doirasida chempionat peshqadami "Borussiya" jamoasi mudofaa chizig'i juda ishonchli o'ynayotgan "Maync" mehmoni bo'ladi. Amaldagi chempion "Bavariya" esa turnir jadvalida beshinchi o'rindan tepaga sakrash uchun "Fortuna Dyusseldorf" qarshiligini engishiga to'g'ri keladi.

BUNDESLIGA



Franciya 1 Ligasida peshqadam PSJ "Tuluza"ni mehmon qiladi. Inqiroz ko'chasidan chiqib keta olmayotgan va 3 oydan oshiq vaqt davomida g'alaba tamini tatib ko'rmagan "Monako"  bu gal "Kan"ga safar qiladi.

FRANCIYA CHEMPIONATI



Italiya A Seriyasida chempionat karvonboshi "Yuventus" Turinda SPAL bilan to'qnashadi. Anchelotti qo'l ostidagi "Napoli" esa hali g'alaba nimaligini bilmay kelayotgan "Kevo"ni mehmon qiladi. "Inter" "Frozinone" bilan kuch sinashadi. A Seriyadagi turning markaziy uchrashuvi Rimda o'tkaziladi. Turnir jadvalida yonma-yon ketayotgan "qo'shnilar": "Lacio" - "Milan" bellashuvi muxlislarda katta qiziqish uyg'otishi aniq.

A SERIYA



Ispaniya La Ligasida mazkur haftadagi qizg'in qarama-qarshilik guvohiga aylanamiz. Peshqadam "Barselona" turnir jadvalida o'zidan ikki pog'ona past, ochkolar bo'yicha bitta kam bo'lgan "Atletiko" mehmoni bo'ladi. Bu to'qnashuv nafaqat La Liganing, balki haftaning eng muhim to'qnashuvlaridan biri bo'ladi.

"Real" esa Solari qo'l ostida "Eybar"ga qarshi mehmonda saf tortadi. CHempionatni ko'tarinki ruhda o'tkazayotgan va turning markaziy bahsida durang natijasidan manfaatdor bo'ladigan "Sevilya" "Valyadolid"ni qabul qiladi.

LA LIGA



Angliya premer ligasida bu hafta yorqin qarama-qarshiliklar odatdagidek ko'p emas. Angliyada haftaning muhim Londonda kechadi. Derbi maqomidagi "Tottenxem" - "CHelsi" to'qnashuvi ko'pchilikning diqqat markazida bo'ladi.

Peshqadam "Siti" esa Londonda "Vest Xem" mehmoni bo'ladi. Manchesterning ikkinchi klubi "Yunayted" bu turda  "Kristal Pelas" bilan kurash olib boradi. "Liverpul" "Uotford" qarshiligini safarda engishga urinib ko'radi. O'tgan turda ochko yo'qotgan "Arsenal" "Bornmut" maydoniga safar qiladi.

APL


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика