Eshitdik-da! Tez orada O'zbekiston Superligasi o'yinlari 10 ta kamerada tasvirga olinadi
09 mar 14:40
Yangiliklar


Eshitdik-da! Tez orada O'zbekiston Superligasi o'yinlari 10 ta kamerada tasvirga olinadi
Superliga translyaciyasini yanada rivojlantirish ustida ishlar ketayotgani to'g'risida xabarlar bor.
Malumki, yangi ochilgan Futbol TV kanali Superliga startiga qadar ham SD formatda efir yuzini ko'rayotgandi. O'FA yangi prezidenti aralashuvidan keyin mavsum starti oldidan efirlar HD formatga o'tdi.
Bizgacha etib kelgan malumotlarga ko'ra, MTRK 10 ta kamerani o'z ichiga olgan KTS tayyorlamoqda. Katta ehtimol u O'zbekiston — Qirg'iziston o'yiniga qadar tayyor bo'ladi. Keyinchalik esa bu KTS Superliga o'yinlarida ishlashi kutilmoqda. Shu yilning oktyabr oyiga qadar esa kompaniya yana bir yangi KTS xarid qilishni rejalashtirmoqda.
PFL xarid qilgan telekameralar esa UzReport bir necha yil avval xarid qilgan KTS ko'rinishida yig'ib chiqilmoqda. Aprel oyida u ham foydalanishga topshirilishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Lekin ichki chempionatlarda kuchli 5likdayam ko'pincha 14-18ta kameralar bilan ishlashadi ammo top klublarda oyinlarida 22tagacha ishlashadi. Masalan real yoki barca o'ynasa 22tadam kemera ishlaydi. Angliyada ham shunaqa city o'yinida 20ta kamera sanadim.
Biz tengi chempionatlarda asosan 8 10 12 kameralar bikan ishlaydi. Qozoqlarda ko'pimcha 8ta kemera, belarusdayam 8 10ta atrofida bo'ladi. Lekin transluatsiya Rossiya bemalol top 5lik bilan tenglasha oladi kamida 14ta bolmasa 18n20ta bilan ishlashayapti. Turkiyada esa 12ta asosan, top o'yinlarda 18ya ishlaydi
@abdurahmon71_71
Карл эшитябсанми бу ерда нималар булаётганини..
СПОРТ ТВ ва ФУТБОЛ ТВларимиз 21 асрда колоклик буйича чемпианат уйини уйнашади афсус...!