So’nggi yangiliklar

00:50"Ливерпуль" Кьезани Чемпионлар Лигаси қайдномасига киритмагани маълум бўлди  1 00:32Элдор ва Аббос сафда, Кападзенинг кайфияти чоғ – миллий жамоа машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  6 00:10U-23 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон жойлашган гуруҳнинг иккинчи баҳсида Қирғизистон Кими Меркнинг дубли эвазига Фаластинни енгди  2 23:50Португалия президенти марҳум Диогу Жотани орден билан тақдирлади  1 23:18"Пахтакор" 5 нафар тарбияланувчиси учун 432 миллион сўм олади  0 22:44Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Англияга ютқазди  9 22:25Антони "Бавария" таклифини рад этганини айтди. У "Бетис"га берган сўзида турган  2 21:55"Атлетик" ФИФА Лапортни рўйхатдан ўтказишни рад этганини тасдиқлади  1 21:36Ла Лигада ой мураббий бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди. Флик улар орасида йўқ  8 20:55Ла Лигада август ойининг энг яхши ўйинчиси бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди  3 20:25Равшан Ҳайдаров: "Бутун ўйин давомида устунликка эга бўлдик, тўпни назорат қилдик"  13 19:59A Bola: Лёвдан сўнг Бенту ҳам Ўзбекистонга "йўқ" деди  107 19:50Фарруҳ Сайфиев Туркманистон билан баҳсда дарвозабонга атайин жароҳат етказдими?  11 19:33Аббос Файзуллаев: "Туркияга мослашиш қийин бўлмади"  3 17:37Фермин ва Гави қизлар туфайли жанжаллашиб қолганми?  1

O'FA Tibbiy qo'mitasi Superliganing 12 futbolchisi davolanishi lozimligini qayd etdi Yangiliklar

O'FA Tibbiy qo'mitasi Superliganing 12 futbolchisi davolanishi lozimligini qayd etdi

O'FA Tibbiy qo'mitasining 2024 yil 13 dekabrdagi 12-01 bayoni asosida Superliga klubi futbolchilari Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazidan tibbiy ko'rikdan o'tkazilmoqda.

Tekshiruvlardan so'ng Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi Ligaga xat yo'llab, Superliganing bir qator futbolchilari ko'rikdan o'tkazilgach, ularning salomatligi yuzasidan ayrim xavotirlar yuzaga kelganligini qayd etgan. Salomatligi xavotirga sabab bo'layotgan futbolchilarning 3 nafari "Xorazm" va yana shunchasi "Navbahor" azosi hisoblanadi. Shuningdek, "Paxtakor", "Mashal", "Dinamo", "Qizilqum", "Nasaf" va "So'g'diyona" klublarining bir nafardan futbolchisi topshirgan analiz natijalari qoniqarli chiqmagan.

Liga tabiiyki, mazkur masalani O'FA Tibbiy qo'mitasiga oshirdi. Qo'mita bu masala yuzasidan yig'ilish o'tkazib, quyidagicha qaror qabul qildi:

• Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi chuqurlashtirilgan tibbiy ko'riklar natijasida salomatligi yuzasidan xavotirli deb topgan va Ligaga taqdim qilgan ro'yxatdagi barcha futbolchilar aniqlangan tibbiy muammolari yuzasidan respublikamizning aynan shu sohaga ixtisoslashgan markazlarida qayta chuqur tekshiruvdan o'tishi lozimligi inobatga olinsin;

• ro'yxatda ismi sharifi keltirilgan futbolchilar yuzasidan mutaxassislar so'nggi xulosani bermaguniga qadar hamda ushbu xulosa Ligaga taqdim etilmaguniga qadar, ular uchun jismoniy yuklamalar cheklanib, mashg'ulot va o'yinlarga ruxsat berilmasligi etiborga olinsin;

• qo'shimcha tekshiruvlar qanday xulosaga olib kelishi, pirovardida klub shifokori futbolchini mashg'ulot yoki o'yinda qatnashishga ruxsat berish yoki bermasligi haqidagi yakuniy qarorlar borasida O'FA Tibbiy qo'mitasiga malumot berilishi belgilab o'tilsin.

Liga O'FA Tibbiy xulosasidan kelib chiqib, ro'yxatda nomi keltirilgan futbolchilar licenziyasini vaqtincha cheklaydi. Klublar mazkur masaladan xabardor etilgani hamda futbolchi salomatligi uchun aynan shu klub shifokori javobgar ekanligidan kelib chiqib, Liga futbolchilar shaxsiga aniqlik kiritmaydi. Umid qilamizki, klub o'z futbolchisi salomatligiga jiddiy etibor qaratadi", — deyiladi xabarda.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика