So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Dinamo Gruziya vice-chempionini mag'lub etdi. Yagona golni O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi urdi Yangiliklar

Dinamo Gruziya vice-chempionini mag'lub etdi. Yagona golni O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi urdi

Dinamo jamoasi kecha, 15 fevral kuni Qozog'iston chempionati sovrindori Aktobe klubini mag'lub (3:1) etgan bo'lsa, bugun Gruziya vice-chempioni Dinamo Tblisiga qarshi saf tortdi.

O'yin o'rtoqlik maqomida bo'lsa-da, har ikki tomon ham bahsga jiddiy munosabatda bo'ldi. Buni har ikki tomondan ham bir nafardan o'yinchi chetlatilganidan bilsa bo'ladi.

Vadim Abramov shogirdlari o'yinni hujumkor boshlab, 10-daqiqada Sanjar SHoahmedovning uzatmasidan keyin Vladimir Kozak hisobni ochdi – 1:0.

32-daqiqada raqib o'yinchisi tezkor qarshi hujumda Farrux Ikromovni qo'pollik bilan to'xtatib qolgach, maydondan chetlatilgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda yosh himoyachi Anvarjon Fayzullaev ikkinchi sariq kartochkani olib o'yindan chetlatildi. Tomonlar kelishuviga ko'ra, ikki safar ham raqib safiga boshqa o'yinchi tushirildi.

O'yin davomida Gruziya chempionati kumush medali sohibidan ustunligini ko'rsatgan Samarqand jamoasi ketma-ket ikkinchi kungi o'yinda ham g'alabaga erishdi.

O'rtoqlik o'yini. Turkiya, Belek
16 fevral (juma)
«Dinamo» (O'zbekiston) - «Dinamo» (Gruziya) – 1:0
Gol:
Vladimir Kozak, 8.
«Dinamo»: Ravshanbek Yagudin, Artyom Sokol, Odil Abdumajidov, Dushan Miyich, Vladimir Kozak, Franchesko, Francis Narx, Sanjar SHoahmedov, Xislat Xalilov, Farrux Ikromov, Kojo Joel.
Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: Anvarjon Fayzullaev, Ulug'bek Abdullaev, Xurshidbek Ubaydullaev, Komil SHarofutdinov, Doston Foteev, Vohidjon Oqbo'taev, Damir Temirov, Humoyunmirzo Iminov, Abubakr Muydinov, Anvar Hojimirzaev, Elnur Saidmuradov, Emmanuel Yagr.



Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика