25 fev 2019 15:30

David Luis: "Kepaga murabbiyning qarorini hurmat qilishimiz kerakligi haqida aytdim"

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
"CHelsi" himoyachisi David Luis "Manchester Siti"ga qarshi bo'lib o'tgan Angliya liga Kubogi finalida sodir bo'lgan voqea haqida fikr bildirdi.

Bahs yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganida bosh murabbiy Mauricio Sarri Arrisabalaga o'rniga Villi Kabaleroni tushirmoqchi bo'ldi, ammo tablo ko'tarilganiga qaramay, Kepa maydonni tark etishni istamadi. Natijada italiyalik mutaxassis g'azab bilan suv idishni erga otdi va tribunaosti yo'lakchasiga yo'l oldi. Bir necha soniya o'tib murabbiy maydonga qaytdi. Penaltilar seriyasida "Manchester Siti" g'alabaga erishdi.

"Men unga murabbiy qarorini hurmat qilishimiz kerakligi haqida aytdim. Mauricio Sarri uni jarohat yoki taktika tufayli o'zgartirmoqchi bo'lganini bilmayman. Murabbiyga Kepa jarohat olingandek ko'rindi. Ular bir-birini tushunishmadi. Kepa bizga hammasi joyida ekanligini aytdi. Bazida o'yin vaqtida tushuntirishning imkoni bo'lmaydi va bu normal holat" - deydi David Luis.

Manba : Sky Sports
Bu xabar bilan bo'lishing:
  +8 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика