"Bavariya" Dias uchun "Liverpul"ga taxminan 80 mln evro taklif qildi. Klublar bitimning yakuniy tafsilotlarini muhokama qilmoqda
27 iyu 16:30
Yangiliklar


"Bavariya" Dias uchun "Liverpul"ga taxminan 80 mln evro taklif qildi. Klublar bitimning yakuniy tafsilotlarini muhokama qilmoqda
"Bavariya" "Liverpul" o'yinchisi Luis Diasning transferiga yaqin turibdi.
Klublar vingerning transferi bo'yicha chuqur muzokaralar olib bormoqda, deb xabar beradi Sky Sports.
Avvalroq, "qizillar" "Bavariya"ning kolumbiyalik futbolchi bo'yicha dastlabki takliflarini rad etgandi. Oxirgi marta myunxenliklar 67,5 million evrodan ko'proq taklif qilgani xabar qilingan.
Takidlanishicha, "Bavariya" taxminan 80 mln evrolik yangi taklif bilan chiqqan. Hozirda tomonlar bitimning yakuniy tafsilotlarini muhokama qilmoqda.
Dias 2022 yilning yanvarida 37,5 million funt evaziga "Liverpul"ga o'tdi va besh yarim yillik shartnoma imzoladi.
Futbolchi o'tgan mavsumda APLda 36 ta o'yinda 13 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar