27 iyu 11:15

"Buxoro"ning tayyorgarligi, yangi futbolchilar, yoshlar yoxud Ulug'bek Bakaev ikkinchi davrada yuqorilashga umid qilmoqda

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Muallif : Iskandarov Abdulaziz
"Buxoro" kecha yozgi o'quv-yig'in doirasidan o'rin olgan navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

"Surxon" bilan kechgan o'yinda Ulug'bek Bakaev shogirdlari 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Uchrashuvdan so'ng "Buxoro" ustozining fikrlarini tingladik. 

— "Buxoro"ning mavsumning ilk qismidagi natijalarini yaxshi deb bo'lmaydi. Bundan qanday xulosa oldingiz? Jamoaga nima etishmadi?

— Birinchi davradagi ishtirokimiz haqida nima deyish mumkin? Bir qancha omadsiz o'yinlarimiz bo'ldi. Yoqimsiz seriya qayd etdik. Yana bir nechta uchrashuvlarda oxirgi daqiqalarda gol o'tkazib yubordik. Buning oqibatida futbolchilar ruhiy "chuqurlikka" tushib qolishdi.

— Tayyorgarlik jarayonlaridan ko'nglingiz to'lyaptimi?

— Ikkinchi davraga yaxshi tayyorgarlik olib bormoqdamiz. Selekciya ishlari davom etmoqda. Barchamiz Superliga boshlanishini kutyapmiz. O'ylaymanki, mavsumning qolgan qismida avvalgi xatolarimizni takrorlamaymiz.

— Superligada nimalar kutyapsiz?

— Hozirgi holatimizda har bir o'yinda qo'lga kiritilgan ochko oltinga teng hisoblanadi. Maqsadimiz turnir jadvalida yuqoriroqqa ko'tarilish.

— Yangi kelgan futbolchilar "Buxoro"ga qay darajada yordam bera oladi?

— Ketgan futbolchilar jamoaga qo'lidan kelganicha yordam berdi, ularga rahmat aytaman. Katta hajmdagi ishni bajarishdi. Yangi kelganlarga kelsak, buni vaqt ko'rsatadi. Umid qilamanki, biz to'g'ri tanlov qildik.

— Birinchi davrada yoshlardan Javohir Ro'zievga imkoniyat berdingiz. Jamoada yana iqtidorlar bormi? Ularni maydonda ko'rishimiz mumkinmi?

— Futbolda iqtidorlar emas, mehnatsevarlar bor. Futbolchini mehnati, harakati yuzaga chiqaradi. Kim ko'proq mehnat qilsa, maydonda samarasini ko'radi. Har bir futbolchida imkoniyat bor, barchasi ularning o'ziga bog'liq. Kim o'zini ko'rsatsa — o'ynaydi.

Malumot uchun, "Buxoro" Superliganing 16-turida 1 avgust kuni OKMK bilan kuch sinashadi.

Bu xabar bilan bo'lishing:
  +1 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

+1
27/07 13:18
rustam
Когда командой руководит У. Бакаев команда не играет а мучается! О чем это говорит? Когда команду принял Михаил команда заиграла! Пора Бакаеву оставить команду и уйти в свой бизнес.
+1
27/07 12:50
Туйгун
Бухоро таркиби емонмас факат сиз мехнат килиш керак агар сиз ишламай котиб колсангиз бутун дуне юлдуз футболчиларни Бухорога олиб келсангиз хам про лигада тушиб кетасиз.
0
27/07 15:29
Аваз Худойқулов
Йўқ, ҳаракат йўқ, олдинга қанақадир силжиш йўқ, нечи йилдан буён бошқариб келаётган бўлса ҳам олдинга ўзгариш йўқ, ишонч йўқ, қуруқ гаплар,ваъдалар ҳам медага ураркан
0
27/07 14:57
Тож
Таркиб хақида маълумот йўқми,
0
27/07 14:13
Ихтиёр
Бакоев сиз хам командани бошка тактикага утинг факат оркага уйнамай
Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика