So’nggi yangiliklar

00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:30Бельгия. "Антверпен" - "Сент-Жиллуаз" (онлайн ҳисоб)  1 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:50АҚШдаги қонун Месси ва Альбага келганда ишламади  0 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  1 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  1 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  12 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   6

"Natija uchun bazida mazmunli o'yindan voz kechdik. Etakchilarimizni yo'qotishni istamaymiz, Xebaydan esa ko'p narsa kutgandik" - Ro'ziqul Berdiev bilan intervyu Yangiliklar

"Natija uchun bazida mazmunli o'yindan voz kechdik. Etakchilarimizni yo'qotishni istamaymiz, Xebaydan esa ko'p narsa kutgandik" - Ro'ziqul Berdiev bilan intervyu

Qarshining “Nasaf” jamoasi ikkinchi davraga puxta tayyorgarlik ko'rmoqda. Jamoani oldinda Superliga va Elit OCHL uchrashuvlari kutmoqda.

Jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev yig'inga oid fikrlari, birinchi davra xulosalari, etakchi futbolchilarning ketishi va chempionlik yo'lidagi asosiy vazifalar haqida gapirdi.

— Ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayonlari qanday ketmoqda? Mavsumning dastlabki qismi haqida qanday xulosalar chiqarildi?

— Tayyorgarlik rejamizga muvofiq ketmoqda. Bu yig'inda to'rtta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirgan edik. “Qo'qon-1912” va “Xorazm”ga qarshi o'yinlar ushbu yig'indagi so'nggisi bo'ldi. Bu bosqichda yigitlarning jismoniy holatini yaxshilashga alohida etibor qaratdik. O'yin amaliyoti uchun esa nazorat bahslari muhim edi.

Birinchi davraga kelsak, dastlabki maqsadimiz — Superkubokni qo'lga kiritish edi. Superligada ham chempionlik uchun kurashmoqdamiz. Davrani yaxshi yakunlashimiz kerak edi va biz buni uddaladik.

— Jamoa chempionlik uchun harakatni boshlagandan buyon o'yin uslubi ham shunga mos ravishda o'zgardi. Endi jozibali harakatlar emas, natija asosiy o'ringa chiqdi. Mana shu ikki jihat o'rtasida qanday bog'liqlik bor?

— Oxirgi ikki yilda oldimizga chempionlikni qo'lga kiritish vazifasi qo'yildi. Buning uchun esa barcha imkoniyatlardan foydalanish kerak edi. Ilgari ham aytganman: natija uchun bazan mazmunli o'yindan voz kechishga to'g'ri keladi. O'tgan yili har bir bahsda natija uchun tartibli o'yin ko'rsatdik, xato qilishni kamaytirishga undik. Bu o'z samarasini berdi — chempionlikka erishdik. Futbolda eng muhimi — natija. Kerak bo'lsa, 10 kishi bo'lib ham himoyalanishga tayyor turish kerak. Bu mavsumda ham siz aytgan jihatlarga alohida etibor qaratyapmiz. Asosiy maqsad — chempionlikni himoya qilish.

— Rubin Xebay jamoani tark etdi. Mavsum boshida undan kutilgan natijalar ko'rsatilmadi shekilli?

— Biz undan ko'p narsa kutgan edik. Ammo har bir futbolchi ham yaxshi natija yaxshi bo'lsada, ayrim jihatlari jamoaga mos kelmasligi mumkin. Xebay jamoa bilan 6 oy birga bo'ldi. Lekin shundan ikki oyini jarohatdan tiklanishga sarfladi. Jismoniy holati kutilgan darajaga etmadi va barcha tomonlama talabimizga javob bermadi. Shu bois, ikki tomon o'zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilishga qaror qildik.

— Akmal Mozgovoy so'nggi yillarda “Nasaf”ning "yuragi"ga aylanib ulgurgandi. Uning ketishi jamoani kuchsizlantiradimi? O'rni kim bilan to'ldiriladi?

— Akmal haqiqiy etakchimizga aylanib bo'lgandi. O'tgan mavsumda ko'plab o'yinlarda g'alabalarga katta hissa qo'shdi. 2024 yilda jamoamizdagi ko'plab futbolchilarning shartnomasi tugadi. Yil boshida oldimizga yuqori maqsad qo'yilgani bois, bir yillik shartnoma taklif qilgandik. Agar yaxshiroq taklif tushsa, klub malum miqdorda pul oladi va futbolchi erkin agent sifatida boshqa jamoaga o'tishi mumkinligi yuzasidan kelishuv bor edi. Shu sababli qarshilik qilmadik.

O'tgan yili Akmaldan jamoaga yordam berishini so'ragan edik. Ayrim boshqa futbolchilarimiz bilan tuzilgan shartnomalarda ham shunday bandlar bor. Shuning uchun yana kimdirning transferi amalga oshishi mumkin. Biroq katta yo'qotishni istamaymiz. Oldimizda muhim vazifalar turibdi. Etakchilarimiz biz uchun juda kerak. Ketganlarning o'rnini to'ldirish ustida ancha vaqtdan buyon ish olib boryapmiz. Ko'plab nomzodlarni ko'rib chiqdik. Agar bu ishlar samara bermasa, zaxiradagi yosh futbolchilarimizga imkoniyat berishimiz mumkin.

— Mavsum davomida Superliga va Elit OCHL doirasida muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Ikkinchi davraga qanday rejalar ishlab chiqilgan?

— Mavsumning ikkinchi qismi oson kechmasligini bilamiz. Superligada chempionlik va Elit OCHLda munosib qatnashish — asosiy maqsadlarimiz. Esingizda bo'lsa, o'tgan yili bittasini tanlashga majbur bo'lgandik. Ayrim o'yinlarda to'liq tarkibda harakat qilmadik. Bu yil o'sha xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz. Agar kerakli chiziqlarga futbolchi ola olsak, yanada yaxshi holatga tushamiz.


Reyting:    

Fikrlar

+1   
24 iyu 18:20:17
Sardorbek..
Шухрат Хусаинов foydalanuvchining fikriga javob berish
Андижопга еетди
Oneni a..iga ketti
+1   
24 iyu 18:06:14
.
Хебайдан Кура черан зур Хебай Андижонда бир уйнади холос диганимда 1 та Насаф мухлиси кар кар килганди. Ярим куригам уйнаталмадику. Бу Хебай Сугдийонадаям уйналмеди.
+1   
24 iyu 17:19:53
Football Onlooker
Нархи қиммат у бу демай яхши футболчи булса олингларда,шуни билингларки сифатли нарсаларни хаммаси қиммат туради,арзонларини неча йиллардан бери олиб келиб фойда курмадинглар,бекордан бекор ойлик тулаб зарар қилдинглар,бундан бу ёғига қиммат булсаям пичоққа илинадиганларни олсанглар кутилган натижага эришасизлар,арзони шурваси татимас деган гап бор бо яхши футболчи арзонга келмайди
+1   
24 iyu 17:16:18
Ishqiboz Muhlis
Шухрат Хусаинов foydalanuvchining fikriga javob berish
Андиларга кетди
Турхизга ўртоғим балки энайизни олдига кетгандир.
   
25 iyu 14:25:14
Шухрат Эргашев
Бу йил хам худо хохласа чемпион булсин Насаф!!!
   
25 iyu 11:46:56
Google User
Nasafni 2-mavsumda legionerlar bozorida omadi kelmayapti. Demak o'zidagi yoshlardan Nasafga chaqirish kerak. Yoshlarga imkon berish kerak. Bir kuni shu yoshlar kelib tobutingizni ko'taradi, legionerlar emas
   
24 iyu 17:53:06
Усмонбек
Насаф ашадий ракиб булсаям Элит лигада иухлислик киламан албатта омад элит лигада
   
24 iyu 16:06:55
Rafiqbek
Каерга кетти хебай
   
24 iyu 15:46:33
BOBIRBEK_URINOV⚽️
ОМАД НАСАФ!!!
-2   
24 iyu 16:45:24
Шухрат Хусаинов
Андиларга кетди
-3   
24 iyu 16:46:28
Шухрат Хусаинов
Андижопга еетди
championat.asia
Яндекс.Метрика