So’nggi yangiliklar

00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  0 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  5 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  22 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  20 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  5 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  27

PFL OFKga murojaat qilib, xalqaro talablar himoya qilinishini so'radi Yangiliklar

PFL OFKga murojaat qilib, xalqaro talablar himoya qilinishini so'radi

Teglar :  O'zPFLCAFAOFK
CAFA so'nggi uch yilda FIFA kunlaridan tashqarida musobaqa o'tkazayotgani O'zPFL etiroziga sabab bo'lgan. Boisi CAFA mazkur masalada PFL bilan kelishmagan.

Sir emaski, O'zPFL o'z taqvim rejasini ancha avval elon qilgan bo'lib, unda barcha tur o'yinlari dam olish kunlariga rejalashtirilgan. Shuningdek, JCH-2026 saralashiga milliy terma jamoaning puxta hozirlik ko'rishi inobatga olinib, O'FA va O'zPFL kelishgan holda Superliganing 1 ta turini iyul oyiga qadar qoldirgandi. Buning evaziga milliy terma jamoa Abu Dabidagi hal qiluvchi o'yinga ertaroq jo'nab ketish va tayyorgarlik ko'rish imkoniyatiga ega bo'lgandi. Yani, JCH yo'llanmasi qo'lga kiritilishi uchun barcha 16 klub iyul oyidagi issiq ob-havoda tur o'yinlarini o'tkazishga rozi bo'lgan.  

FIFA kunlaridan tashqarida o'tkaziladigan o'yinlarga esa legioner futbolchilarni jalb qilishning imkoni yo'q. Malayziya aynan shu sabab tufayli CAFA musobaqasida ishtirok etmaydigan bo'ldi. Eron esa mazkur musobaqaga legioner futbolchilarsiz kelishni rejalashtirmoqda. PFL talqiniga ko'ra, bunday holat O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun ham manfaatli emas. Ikki yil avval FIFA kunlaridan tashqarida o'tkazilgan musobaqa hattoki Srechko Katanecning ham etiroziga sabab bo'lgani borasida bizda malumotlar bor. Sababi Katanec daraja jihatdan yuqoriroq turuvchi UEFA terma jamoalari bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilishni CAFA musobaqasidan foydaliroq deb hisoblagan.

Kuz oyida bir emas 3 ta FIFA kuni borligi, shuningdek, "Nasaf", "Andijon" kabi klublar xalqaro musobaqada ishtirok etishi taqvim tuzishni biroz murakkablashtiradi. O'zPFLga ko'ra, agar FIFA kunlariga qatiy amal qilinmasa, bu bora-bora Superliga dekabr oyining keyingi 10 kunligiga qadar cho'zilib ketishiga olib kelishi mumkin. Iqtisodiy holatdan kelib chiqib, Superliga klublari o'z futbolchilari bilan noyabr oyi so'ngiga qadar shartnoma tuzadi. Biroq o'yinlar dekabrga qadar qolib ketsa, shartnomalarga qo'shimcha o'zgartirishlar kiritish Superliganing har bir klubi uchun taxminan 70-90 ming AQSH dollariga tushishi mumkin. Umumiy hisobda 1 million dollardan oshib ketishi mumkin bo'lgan kompensaciya klublarga CAFA tomonidan to'lab berilmasligi tabiiy. 

Shundan kelib chiqib, PFL har qanday holatda ham masalaga professional nuqtai nazardan yondashish va FIFA nizomlarini hurmat qilishni talab qilmoqda.

Reyting: +6   

Fikrlar

+1   
26 iyu 00:49:16
Tinchliksevar
Адхамжон Низамов foydalanuvchining fikriga javob berish
Шунчалик духи етиб ОФК га арз килибди.Нега МТЖ мизни иштирокидаги саралаш уйинларида Туркаманистон(суньий майдон)БАА даги стадион можароси баьзи марказлашган уйинларни Саудия ёки Катарда утиши ва бошка шу кабиларда хам арз килмагани кизик.Бундан кейин шунга ухшаш можаролар булса,куркмасдан арз килаверинглар.Мен борман (хазил)
O‘FA bilan Pfl ni adashtirvormang
+1   
25 iyu 22:58:15
M U F C
Адхамжон Низамов foydalanuvchining fikriga javob berish
Шунчалик духи етиб ОФК га арз килибди.Нега МТЖ мизни иштирокидаги саралаш уйинларида Туркаманистон(суньий майдон)БАА даги стадион можароси баьзи марказлашган уйинларни Саудия ёки Катарда утиши ва бошка шу кабиларда хам арз килмагани кизик.Бундан кейин шунга ухшаш можаролар булса,куркмасдан арз килаверинглар.Мен борман (хазил)
PFL va UFA har xil tashkilotku. Siz etgan ishlani UGlFA qilishi kerkak.
   
28 iyu 12:34:50
M U F C
Шер foydalanuvchining fikriga javob berish
UGIFAsi nima birodar?))
UFA yozgandim boslib ketibdi.
   
27 iyu 02:18:13
Шер
Yoshlarni turniri qilib qo'yinglar, nimasi muammo?
Asosiy terma o'rtoqlik o'ynayversin
   
27 iyu 02:13:42
Шер
M U F C foydalanuvchining fikriga javob berish
PFL va UFA har xil tashkilotku. Siz etgan ishlani UGlFA qilishi kerkak.
UGIFAsi nima birodar?))
   
26 iyu 13:49:47
NEWS 24
Men xam shu fikrdaman yani cafa Dan Kora boshqa kuni kuchliroq terma bilan oynagan maqul eron liganersiz kelsa qoshnilarimiz bizdan pastroqda tursa nima foyda bizga shu foydani kormayapman aksincha klublarimizga ziyon ekanku xarakatni ertaroq qilib kuchliroq terma topsak bolardiku bizdan yuqorida 50 dan ortiq terma bor ekan naxotki xammasi bu yil band bolsa
   
25 iyu 22:22:59
Адхамжон Низамов
Шунчалик духи етиб ОФК га арз килибди.Нега МТЖ мизни иштирокидаги саралаш уйинларида Туркаманистон(суньий майдон)БАА даги стадион можароси баьзи марказлашган уйинларни Саудия ёки Катарда утиши ва бошка шу кабиларда хам арз килмагани кизик.Бундан кейин шунга ухшаш можаролар булса,куркмасдан арз килаверинглар.Мен борман (хазил)
   
25 iyu 19:49:24
Travel Legends
O’zbekiston gam qatnashishdan bish tortsin, qatnashmasin Malayziyaga o’xshab
   
25 iyu 19:31:15
FAQAT OLG'A
Xa PFL VA UFF da ham til bor ekan kim ular xohlaganini qiladi
-1   
25 iyu 19:54:16
Futbol Uchun
CAFA ни Ўзбекистон ташкил қилмаганми?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика