Yozgi transfer oynasida 300 million sarflab bo'lgan "Liverpul" "Yuventus" futbolchisiga taklif bilan chiqdi
26 iyu 08:43
Yangiliklar


Yozgi transfer oynasida 300 million sarflab bo'lgan "Liverpul" "Yuventus" futbolchisiga taklif bilan chiqdi
Yozni juda faol o'tkazayotgan "Liverpul" yana bir futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Angliya chempionlari "Yuventus" yarim himoyachisi Duglas Luis bo'yicha taklif bilan chiqishdi. Inglizlar futbolchining tranferi uchun 40 million evro to'lashga tayyor.
Braziliyalik futbolchi 2024 yil yozida "Yuventus" safiga qo'shilgan. O'tgan mavsumda Luis barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda ishtirok etdi, ammo hech qanday samarali harakat ko'rsata olmadi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 30 million evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar