So’nggi yangiliklar

14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  0 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   1 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  6 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  13 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  2 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  5 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  13 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  24 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  6 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6

Bu qiziq. 2006 yil Iroq klubi qanday qilib "Mashal" bilan durang o'ynab ketgandi? Yangiliklar

Bu qiziq. 2006 yil Iroq klubi qanday qilib "Mashal" bilan durang o'ynab ketgandi?

Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida 2006 yilgi voqeani esladi.

OCHL yangi mavsumi starti va Iroq klubiga qarshi bahsdan oldin, 2006 yilgi "Mashal" ishtirokidagi bir voqea yodimga tushdi.

Muborak klubi o'rin olgan guruh juda kuchli edi. Ammo 4-turdan so'ng bizning klub 7 ochko bilan 2-o'rinda edi. "Al-Ayn"da 10 va "Al-Hilol"da 6 ochko bor edi. So'nggi o'rinda esa Iroqning "Al-Mina" klubi joy olgandi. Bu jamoa 4ta turda umuman ochko ololmagan edi.

Beshinchi turda "Mashal" o'z maydonida aynan "Al-Mina"ni qabul qildi. "Mashal" bungacha o'z uyida "Al-Ayn" bilan durang o'ynagan va "Hilol"ni mag'lub etgandi. "Mina" mag'lub etilsa va "Hilol" "Al-Ayn"ni taslim qilsa "Mashal" guruhda birinchi o'ringa chiqib olardi.

O'shanda guruhdan faqat bitta klub chorak finalga chiqardi. SHu bois har bir ochko juda qadrli edi.

O'sha paytlari OCHLda o'yinlar chorshanba kunlari o'tkazilardi. Qarshidagi o'yin 3 may kuni bo'lib o'tishi kerak edi. Dushanba kuni, 1 may kuni O'FFga qo'ng'iroq bo'ldi. Qo'ng'iroq O'zbekistonning Tehrondagi elchixonasidan edi.
- Bu erda Iroq klubi vakillari bor. Ular OCHL o'yinida ishtirok etish uchun O'zbekistonga kirish vizasini olishmoqchi.
- Ular qanday qilib Tehronda paydo bo'lib qolishdi? Jamoa qanday qilib Qarshiga kelmoqchi?
- Ular Tehrondan avtobusda Qarshiga borishmoqchi. Samolyot chiptasi uchun pul yo'q deyishmoqda.
- Biz ularga viza qilib bera olamiz. Ammo aytingchi agar ular avtobusda kelishsa, Turkmaniston orqali kelishadi to'g'rimi?
- Ha, boshqa yo'l yo'q.
- Ularda Turkmaniston vizasi bormi?
- Menimcha yo'q.
- Unda avtobusda qanday qilib Turkmanistondan o'tishmoqchi?
- To'g'ri aytasiz, ularga boshqa yo'l topishlarini aytamiz.

Keyinroq Iroq klubi mehmonxonaga puli yo'qligi bois bir kechani Tehron masjidlaridan birida o'tkazishgan, keyin Istanbulga uchishgan, u erda yana bir kun bo'lishgan va chorshanba kuni tongda Toshkentga uchib kelishgan, bu erda "Mashal" vakillari kutib olishdi.
Mehmonlar O'zbekiston mehmonxonasiga joylashishdi, kunduz kuni ularni Qarshiga charter reys kutardi.

Yaxshiyam bu charter reys edi, futbolchilarni uyqudan uyg'otish juda qiyin kechgan. Ular tushlikka ham, uchish vaqtiga ham kech qolishdi. Oddiy reysli samolyot ularni kutmasdi, charter esa oxirigacha kutdi.

Futbolchilar shu qadar charchashgandiki xatto samolyot yo'laklariga yotib olishgandi.

Qarshiga samolyot uchrashuv boshlanishiga 1 soat qolganida qo'ngan. "Mashal" bu paytda stadionda chigalyozdi mashg'ulotlarini bajarayotgandi. Komissar qati aytdi: "Al-Mina" futbolchilari chigalyozdi mashg'ulot qilishmasa ham o'yin o'z vaqtida boshlanishi shart.

Barchasi "Mashal" uchun qo'l kelayotgandek edi, biroq iroqliklar xarakter ko'rsatib yakunda 2:2 hisobida durang o'ynab ketishgandi.



Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика