So’nggi yangiliklar

01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  0 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47

Boshkovich: "Yomon o'ynadik deb ayta olmayman, keyingi o'yinga tayyorgarlikni yaxshi kayfiyatda davom ettirish kerak" Yangiliklar

Boshkovich: "Yomon o'ynadik deb ayta olmayman, keyingi o'yinga tayyorgarlikni yaxshi kayfiyatda davom ettirish kerak"

"So'g'diyona" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich O'zbekiston Superligasi 1-turi doirasidagi "Neftchi" (1:2)ga qarshi uydagi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ko'rganingizdek qiziqarli o'yin bo'ldi. Albatta, yutqazish yoqimsiz holat va biz ko'prog'ini kutgandik. Raqibning kim bo'lishi farqi yo'q, o'yinchilarimda yaxshiroq o'ynash uchun kuch borligiga ishonchim komil.

Ko'plab vaziyatlar yaratdik, ulardan foydalanishda esa oqsadik. Futbol gollar uchun o'ynaladi. 2ta gol o'tkazib yubordik, ularni tahlil qilamiz. "Neftchi" vaziyatlar yaratdi va tartibli harakat qildi, bizga esa omad kulib boqmadi.

Kech gol kiritdik va raqibga yana bosim o'tkazish uchun vaqt etmay qoldi. Umuman olganda, jamoa o'yini yomon bo'ldi deb ayta olmayman. Individual tomonlama biroz zaifroq o'ynadik.

Keyingi o'yin besh kundan so'ng bo'lib o'tadi. Yaxshi kayfiyatda tayyorgarlikni davom ettirish kerak deb o'ylayman. Bu birinchi o'yin va atigi uch ochko. Hozircha kimda qanday kuch borligini bilib bo'lmaydi", — dedi jizzaxliklar ustozi.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика