So’nggi yangiliklar

19:55Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 3:1 (матнли трансляция)  14 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  0 19:30Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  7 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  1 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  3 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  16 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0

Bir kun avval tark etgan jamoasi uchrashuvini balkondan kuzatgan, yurakdagi muammo tufayli ikki yil o'ynamagan hamda boshqa sport turi bo'yicha vice-chempionga aylangan "Neftchi"ning yangi legioneri bilan tanishamiz Yangiliklar

Bir kun avval tark etgan jamoasi uchrashuvini balkondan kuzatgan, yurakdagi muammo tufayli ikki yil o'ynamagan hamda boshqa sport turi bo'yicha vice-chempionga aylangan "Neftchi"ning yangi legioneri bilan tanishamiz

Kuni kecha Farg'ona klubi ruminiyalik hujumchini o'z safiga qo'shib oldi.

Mihai Aleksandru Roman 1992 yilning 31 may sanasida Ruminiyada tavallud topgan. Krayova universiteti jamoasi tarbiyalanuvchisi katta futboldagi debyutini 2010 yilda o'tkazadi. 

2011–2012 yillarda "Petrolul" klubi sharafini himoya qilgan hujumchi 2013 yildan 2015 yilga qadar "Turnu Severin", "Segyat" va "Panduriy" jamoalarida o'ynagan.

2015 yil "Nijmegen" klubi bilan shartnoma imzolagan Roman keyinchalik "Makkabi" (Petax-Tikva), "Poli Timisoara" va "Botosani" klublari libosida ham to'p tepgan.

2019 yil futbolchi yurak bilan bog'liq muammolar tufayli 20 oyni maydondan tashqarida o'tkazdi. SHifokorlar aniq tashxis qo'yishmadi, ammo ular yurak xastaligidan aziyat chekishi mumkinligidan shubhalanib, ruminiyalikning futbol o'ynashini taqiqlashdi. Roman esa yig'inlar o'rniga kardiologiya klinikalariga qatnashga majbur bo'ldi. Atrofdagilar uning maydondagi emas, tibbiy ko'rsatkichlariga etibor qarata boshlashdi. Vena shahrida operaciya qilingan Mihai Roman 2019 yilning 14 dekabridan 2021 yil 27 oktyabriga qadar maydonga qadam bosa olmadi. Italiyadagi tekshiruvlardan so'ng hatto unga futbolni tark etishni maslahat berishdi.

"Bu og'ir davr edi. 20 oy mavhumlikda yashadim, shug'ullana olmadim. Uxlay olmasdim, krovatda o'zimni maydonga tushib, gol urganimni tasavvur qilib yotardim. Bu oson emasdi. SHunga qaramay, maydonda va sport zalida shug'ullanardim. Hatto padbol (oyoqlar orqali o'ynaladigan tennisga o'xshash sport turi) bo'yicha Ruminiya vice-chempioniga aylandim. Umid hech qachon o'lmaydi. O'ylashimcha, bu tashxis shifokorlarning xatosi edi. Haqiqatda shunday bo'lganda, umuman futbol o'ynamasdim. Men o'zimni yomon his qilmagandim. O'sha vaqtlari ham futboldan boshqa soha bilan shug'ullanishni xayolimga keltirmaganman".

2023 yilning 18 avgustida "Botoshani"ni tark etgan hujumchining ertasi kuni o'tkazilgan sobiq jamoasi ishtirokidagi o'yinni stadion yaqinida joylashgan uyining balkonidan tomosha qilayotganini fotojurnalistlar payqab qolishgan.

SHu yilning ikkinchi qismida "Petrolul" tarkibida 10 ta o'yin o'tkazgan forvard samarali harakat amalga oshira olmagan. Faqatgina Ruminiya kubogi bahslarida ikki marotaba raqib darvozasini ishg'ol qilgan.

2024 yilning 10 fevralida esa ruminiyalik hujumchi Farg'onaning "Neftchi" klubi bilan shartnoma imzoladi. 

"Men o'yin amaliyotiga ega bo'lishni xohlardim. Buni sobiq klubdagilarga malum qildim va o'zaro kelishuv bekor qilindi. Hech kim mendan voz kechmadi yoki shartnomani bekor qilmadi. Men shunchaki maydonda to'p tepishni xohlayotganimni aytdim.

"Neftchi"ga kelishim moliyaviy jihatdan ancha foydali, lekin bu men uchun ustuvor vazifa emas. Asosiysi, o'yin amaliyotiga ega bo'lish. Qolaversa, chempionati bahor-kuz tizimida o'tkaziladigan mamlakatda o'ynash tajribam bor, avval shunday formatdagi ikki jamoa sharafini himoya qilganman".


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика