So’nggi yangiliklar

19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  0 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1 18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  0 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  2 17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:06"Пахтакор" йирик агентлик мижози бўлган ироқлик футболчига кўз тикди  5 16:40Расман: "Арсенал" АПЛ клуби сардорини қўлга киритди  2 16:24Суперлиганинг 2 та клуби Ироқ терма жамоаси хавбекига даъвогарлик қилмоқда  4 16:03"Насаф" 3 та позицияга легионер олиб келади  7 15:41Ҳожимат Эркинов собиқ клуби ҳакамларни сотиб олишда айбланиб чемпионатдан четлаштирилди  5 15:15Суперлига-2025. Биринчи даврада мураббийлар томонидан айтилган фикрлардан сара иқтибослар   2 15:01"Олимпик" вакиллари 2 ойдан бери маош олишмаяпти  3 14:53"Олимпик"ка бош мураббий тайинланди  7 14:33Маскерано: "Мен учун Месси – футбол тарихидаги энг яхши футболчи"  12 14:05ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди  22

Baqoev "Buxoro"dan ketayotganini malum qildi Yangiliklar

Baqoev "Buxoro"dan ketayotganini malum qildi

Bugun bo'lib o'tgan Superliganing so'nggi o'yinida "Buxoro" safarda "Metallurg" mehmoni bo'ldi.

Mazkur bahsda maydon egalari 1:0 hisobida zafar quchishdi. Uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida "Buxoro" klubi bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev ishdan ketayotganini malum qildi.

"Mana, bugungi o'yin bilan 2018 yilgi chempionat ham o'z yakuniga etdi. Bu men uchun murabbiy sifatida ikkinchi mavsum bo'ldi. Jamoam bilan bu yil ham o'tgan yildagi kabi 6-o'rinni egalladik. Superliga bahslari o'ziga yarasha qiziq va shiddatli o'tdi deyishim mumkin".

"Mavsum davomida bizni qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarga, rahbariyatga, futbolchilarga va klub xodimlariga tashakkur aytaman. O'zimga kelsak, murabbiylik sohasida yanada ko'proq izlanishim, o'qishim kerak deb hisoblayman. SHu sababli bugun jamoa bosh murabbiyligidan bo'shash haqida ariza yozishga qaror qildim".

"Bu qarorga kelish juda og'ir bo'ldi. Men o'z yurtimni, o'z shahrimni va futbolda o'tgan yillarimda men bilan birga bo'lgan barchani yaxshi ko'raman. Mening futbolchi bo'lib etishishimda Buxoroning o'rni katta. SHu erda ulg'aydim, futbol sabab boshqa yurtlarda ham to'p tepdim".

"Orzu qilardimki, bir kun kelib o'zimning sevimli jamoamda murabbiy bo'lishni. Mana orzuim amalga oshib ikki yil jamoani boshqardim. SHu ikki yil ichida "Buxoro" uchun chin yurakdan mehnat qildik. Jamoa har ikki mavsumda chempionat etakchilariga qarshi munosib raqobat ko'rsata oldi. Bugungi qarorimni barcha to'g'ri tushunadi degan umiddaman. "Buxoro" hamisha qalbimda yashaydi. Meni qo'llab-quvvatlagan barchaga o'z minnatdorchiligimni izhor etaman", - deydi Baqoev.

Reyting: +60   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика