29 dek 2018 00:30

​ AGMK OCHL-2019 saralash o'yini oldidan Dubayda yig'in o'tkazadi

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Kelayotgan mavsumda xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qiladigan jamoalarimizdan biri – AGMK allaqachon yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborgan.

Jamoa 22 dekabrdan buyon Toshkentda yig'in o'tkazmoqda. Mashg'ulotlar 30 dekabrga qadar davom etishi ko'zda tutilgan. So'ngra futbolchilarga qisqa tatil beriladi va olmaliqliklar 3 yanvardan yana poytaxtda to'planishadi.

Mavsum-2019ni birinchilardan bo'lib boshlaydigan jamoa 15 yanvarga qadar Toshkentda shug'ullanadi. So'ngra AGMK xorij yig'inini o'tkazish uchun BAAga yo'l oladi. Olmaliqliklar Dubayda 18-31 yanvar kunlari o'quv-mashg'ulot yig'ini olib borishadi. So'ngra jamoa yurtimizga qaytib, Osiyo chempionlar ligasi o'tish bosqichi o'yiniga tayyorgarlikni davom ettiradi.

Takidlash joiz, AGMK 12 fevral kuni OCHL-2019 saralashi doirasida Tojikistonning “Istiqlol” klubiga qarshi bahs olib boradi. Bu haqda O'zbekiston professional futbol ligasining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manba : pfl.uz
Bu xabar bilan bo'lishing:
  +11 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика