Zohid Abdullaev: "Men uchun muhimi tug'ilgan kunimda gol urish emas, jamoaning yutug'idir"

Narzulla Saydullayev
27 may 2018, 11:05
“Metallurg” tarkibida uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb qayd etilgan Zohid Abdullaevning fikrlarini ham bilishga qiziqdik.

-  Bugun o'yin juda og'ir kechdi, o'zingiz ko'rdingiz. Bizda bosim bor edi. Ketma-ket ikkita uchrashuvni yutqazgandik. Yigitlarning barchasiga katta rahmat. G'alaba uchun borlarini berganligi uchun. Nima deyish mumkin, bugun eng yaxshi o'yinlarimizdan birini namoyish etdik. Men uchun muhimi tug'ilgan kunimda gol urish emas, jamoamizning yutug'idir. Barcha ishqibozlarimizni yutuq bilan tabriylayman va ularga qo'llab quvvatlayotganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman, deydi Zohid Abdullaev.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Металлург” матбуот хизмати