

"Krishtianuning kelajagi ayni damda hech qanday ahamiyatga ega emas. Men aytaman… G'alaba yoki mag'lubiyatdan keyin vaqtim bo'ladi, oilam bilan gaplashaman va eng to'g'ri qarorni qabul qilaman.
Men endi qizishib turganda qaror qabul qilmayman, hamma narsa xotirjamlik bilan qilinadi. Hozir esa bugungi lahzadan zavqlanish kerak", – deya bayonot berdi portugaliyalik hujumchi o'yin tugashi bilanoq.
Avvalroq portugaliyalik futbolchining singlisi Katya Aveyru hujumchi JCH-2026 dan keyin terma jamoadagi faoliyatini yakunlashini aytgan edi: "Mening bilishimcha, bu uning so'nggi raqsi".



