Zlatan "Oltin to'p" haqida: "O'z kuchimni his qilishim uchun mukofotlar kerak emas"

9 noya 2020, 20:49
"Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich individual sovrinlar to'g'risida gapirdi.

– "Oltin to'p" yoki boshqa shaxsiy mukofotlarga ega chiqmaganingiz uchun afsuslanasizmi?

– Yo'q. Mukofotlar yaxshi, ammo men o'z kuchimni his qilishim uchun hech qanday shaxsiy sovrinlarga muhtoj emasman. Men faqat o'ynayman va jamoadoshlarimga yordamlashish uchun qo'limdan kelganini qilaman. Hammasi shu, – dedi shvetsiyalik 39 yoshli futbolchi.

A Seriyaning joriy mavsumida 5 ta o'yin o'tkazgan Zlatan Ibragimovich 8 gol, 1 ta assistga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia