Zinedin Zidan: Isko ajoyib o'ynadi, u kabi o'ynaydiganlar kam

Narzulla Saydullayev
27 apr 2017, 08:10
Real ustozi Zinedin Zidan Deportivoga qarshi o'yindan so'ng (6:2) o'z fikrlarini bildirdi,

Bizda ko'plab vaziyatlar bo'ldi, bugungi o'yinimizdan xursandman. Barchaning harakatidan qoniqdim.

Isko va Xames gol urishganidan xursandman. Ularning barchasi ajoyib formadalar. Endi mening muammoyim bor: futbolchiga keyingi o'yinda o'ynamasligini qanday aytish.

Isko g'aroyib o'ynadi. U kabi o'ynaydiganlar juda kam. Muxlislar unga yaxshi munosabatda bo'lishmoqda, – deydi Zidan.

Bu mavsumda Isko faoliyatida ilk bor Ispaniya chempionatida 10ta gol urdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-espana.net