Zinchenko ukrainalik yulduzni "Arsenal"ga olib kelishga ko'ndirmoqchi

Sherzod Nurmatov
9 noya 2022, 16:29
Ukraina terma jamoasi himoyachisi, hozirda Londonning "Arsenal" klubida to'p tepayotgan Aleksandr Zinchenko hamyurti Mixail Mudrikning "kanonirlar" lageriga o'tishi uchun lobbichilik qilmoqda.

Manbaga ko'ra, Zinchenko bu haqda London klubi rahbariyati bilan gaplashgan. Aleksandr "Shaxtyor" futbolchisi borasida ijobiy tavsiyalar berdi.

Avvalroq OAVda "Arsenal" Mudrik uchun taxminan 60 million evro taklif qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

2022/2023 yilgi mavsumda Mixail "konchilar" safida 14 ta o'yinda qatnashib, 7 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com