

Demak, fransiyalik mutaxassis Daniel Sebalos, Markos Lorente, Braim Dias, Mariano Dias va Garet Beylni klubda ko'rishni xohlamayapti. Shuningdek, Marselo, Toni Kroos va Iskoning kelajagi so'roq ostida bo'lib turibdi.
Eslatib o'tamiz, Real joriy mavsum Ispaniya Kubogini final ostonasida, YCHLni esa nim chorak finalda tark etdi. Blankoslar LaLiganing 32 turidan so'ng, 61 ochko to'plagan holda, Barselona (74 ochko) va Atletikodan (65) so'ng jadvalning uchinchi o'rnidan joy olgan.



