Zidan Hakimining kelajagiga aniqlik kiritdi

Eldor Akmurzayev
21 iyul 2019
Real bosh murabbiyi Zayniddin Zidan o'tgan mavsum ijara asosida Borussiya Dda o'ynagan madridliklar himoyachisi Ashraf Hakimining kelgusi faoliyati haqida gapirdi.

“Ashraf Dormundda yana bir mavsum harakat qiladi. Ha u yaxshi futbolchi va biz bundan xabardormiz. Uning uchun esa kelasi mavsumni ham Borussiya D safida o'tkazish to'g'ri qaror bo'ladi”, – deydi Zidan.

Marokashlik 20 yoshli futbolchi o'tgan mavsum Bundesligada 21 bahsda qatnashib, 2+4 ko'rsatkichni o'z hisobiga yozib qo'ygandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: SportBild