Zidan dunyodagi eng yaxshi to'qqizlik egasi kim ekanini aytdi

Eldor Akmurzayev
22 apr 2019, 01:00
Ispaniya chempionatining 33-turida Real o'z maydonida Atletikni qabul qilib, yirik hisobda (3:0) zafar quchdi.

Mazkur o'yindan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida blankoslar ustozi uchrashuvda porlagan Karim Benzema haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

“Men uchun Karim – jaxondagi eng yaxshi to'qqizlik egasi. Biroq, yaxshi futbolchilar ko'p. Qolgan murabbiylar boshqa kimnidir ko'rsatishi mumkin. U 10 yil ichida jamoa uchun borini berdi. Uning gollaridan juda ham xursandman. Benzema o'ziga ishonadi va yanada yaxshiroq bo'lishga intiladi”, – deydi 46 yoshli fransiyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: goal.com