Joze Mourinyo: "Azarni Ronaldu va Messi bilan taqqoslab bo'lmaydi"

Tolibjon Qosimov
10 fev 2014, 15:57
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa yarim himoyachisi Eden Azar ayni paytda sayyoramizning eng yaxshi yosh futbolchisi ekanini ma'lum qildi.
"Azar - qoyilmaqom futbolchi. Uni Ronaldu va Messi bilan taqqoslamayman, sababi ular 10 yildan buyon futboldalar, yuzlab gollar va ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritishgan.

Edenni ular bilan taqqoslab bo'lmaydi. Undan kuchli boshqa yosh futbolchini ko'rmayapman", - deydi Mourinyo ESPN nashriga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net