Jo'ra Xonnazarov xalqaro turniri. “Qaldirg'ochlar” yirik g'alaba bilan boshlashdi

Narzulla Saydullayev
24 iyun 2015, 11:36
Kuni kecha 2001 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida Jo'ra Xonnazarov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir start oldi.
22-26 iyun kunlari davom etadigan musobaqada jami 12ta jamoa 4ta guruhga bo'lingan holda kuch sinashishadi. Mazkur turnirda “qaldirg'ochlar” “A” guruhidan o'rin egallashgan. Har bir guruhda uchtadan jamoa borligi uchun “Bunyodkor-2001” ikkinchi kunga kelib, o'zining birinchi o'yinini o'tkazdi.

1-tur uchrashuvida Murod Otajonov shogirdlari “Chirchiq” bilan kuch sinashdi. Bellashuvda bunyodkorchilar to'liq ustunlikka erishishdi. O'yinning 2-daqiqasidayoq chirchiqliklar himoyachisi va darvozaboni bir-birini tushunmasligi natijasida hisob ochildi – 1:0. Bellashuvning dastlabki daqiqalaridan gol o'tkazib yuborgan “Chirchiq” qolgan vaqt davomida o'zini o'nglay olmay, palata-partishlikka yuz tutdi. Garchi Toshkent viloyati vakillari himoyaviy o'yinga o'tib olgan bo'lishsa-da, “qaldirg'ochlar” birinchi bo'lim yakunlangunga qadar yana 3ta gol urishdi.

Ikkinchi taymda chirchiqliklar tashabbusni o'z tomonlariga og'dirishga harakat qilib ko'rishdi. Ammo bu urunish 5 daqiqa davom etdi xolos. Qolgan vaqt mobaynida 14 yoshli bunyodkorchilar yana 4 marta raqib darvozabonini ranjitishdi. Shu tariqa, “qaldirg'ochlar” yirik – 9:0 hisobda turnirni g'alaba bilan boshlashdi.

Gol mualliflari: Sanjar Abduraimov, Ibrohim Ibroximov, Humoyun Islomov 2ta, Mahdi Abduraimov, Jasur Holdorov, Islom Abdujabborov 2ta, Zokir Hasanov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com