"Zenit"ga o'tgan futbolchi "Al Nassr"da 30 mln evro maosh olishi mumkin edi

Mirjalol Normatov
3 iyul 2025, 20:44
"Zenit" "Flamengo"ga Jerson Santosning 25 million evrolik tovon pulini to'lab berdi.

Shu orqali "Al Nassr"ga o'tishi kerak bo'lgan braziliyalik futbolchi Rossiya sari yo'l oladigan bo'ldi. "Globo" ma'lumotiga ko'ra, Jerson "Al Nassr"ga o'tmaganidan afsusda. Chunki u Rossiyadagi 4 mavsumida ham Saudiyadagi ikki yillik pulni ishlab topa olmaydi.

"Al Nassr" futbolchi uchun yiliga 30 million evro maosh to'lashga tayyor bo'lgan.

Jerson yakunlangan mavsumda 17 o'yinda 1 gol va 3 assist qayd etdi. Uning "Zenit"ga o'tgani 9 iyul kuni rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Globo