"Zenit" Italiya terma jamoasi hujumchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
30 iyul 2021, 07:49
Italiya terma jamoasi va "Torino" klubi hujumchisi Andrea Belotti faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, "Zenit" futbolchi uchun 4 yillik shartnoma va bonuslar bilan qo'shib hisoblasa yiliga 4 million evro maosh taklif qilmoqda. 

Bu borada tomonlar o'zaro gaplashishgan. 

Belottining "Torino" bilan shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com