"Yuventus"da jarohatga yo'liqqan va safga qaytgan futbolchilar bor

Mirjalol Normatov
23 noya 2020, 17:43
"Yuventus" markaziy himoyachisi Merix Demiral "keksa sinora"ning navbatdagi "Ferencvarosh" hamda "Benevento"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuborishi mumkin.

Turkiyalik futbolchi "Kalyari"ga qarshi o'yinda jarohat olgan va u 10 kunni tiklanish uchun sarflaydi va 2 dekabr kuni safga qaytadi. 22 yoshli futbolchi ushbu mavsumda 8 o'yinda qatnashdi.

Aaron Remzi mashg'ulotlarga qaytgan va navbatdagi o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Shuningdek, himoyachilar Leonardo Bonuchchi hamda Jorjo Kellini mashg'ulotlarda ishtirok etmagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal