"Yuventus" xavbeki faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

Alisher
23 may 2022, 12:30
"Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Raboga ikki ingliz klubi qiziqmoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, klublar turinliklardan 27 yoshli o'yinchi borasida ma'lumot so'rashgan. Ularning nomlari esa ma'lum emas.

O'yinchining "Yuve" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Turinliklar xavbek bilan xayrlashishga shoshishmayapti, ammo yaxshi taklif bo'lsa, qo'yib yuborishga tayyorlar.

Rabo 2021/22 yilgi mavsum "Yuventus" tarkibida barcha musobaqalarda 45ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira