"Yuventus" va "Liverpul" "Ayaks"ning iqtidorli o'yinchisi uchun kurashmoqda

Alisher
26 noya 2021, 13:51
"Ayaks"ning 19 yoshli xavbeki Rayan Gravenberx faoliyatini A Seriya yoki APLda davom ettirishi mumkin.

Iqtidorli yarim himoyachi uchun "Yuventus" va "Liverpul" klublari da'vogarlik qilmoqda. Gravenberxning transfer narxi 33 mln evroga baholanmoqda.

Rayan Amstyerdam klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U bosh jamoada 2019 yilning sentyabridan beri o'ynaydi. Uning shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi joriy mavsum Erediviziyada 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato