Yuventus sudda yutqazdi. Endi Italiya jamoasi Krishtianu Ronalduga katta miqdorda tovon to'laydi

Khoja
18 apr 2024, 11:40
Yuventus sudda mag'lub bo'ldi.

Portugaliyalik Turin klubi bilan yashirin kelishuvga erishib, koronavirus pandemiyasi vaqtida Yuventusga maoshlarni kechiktirishga rozi bo'lgan. Buning evaziga Italiya jamoasi Ronalduga 19.9 million evro o'tkazib berishi kerak bo'lgan. Biroq 39 yoshli futbolchi vada qilingan pullarni olmaganidan so'ng o'tgan yilning sentyabr oyida sudga murojaat qilgandi.

Sport Mediaset nashrining xabar berishicha, sud qaoriga ko'ra Yuventus futbolga 9,77 million evro to'lab berishi lozim bo'ladi.

Biroq hakamlik hayati ushbu vaziyatda har ikki tomonni aybdor deb tan oldi va shu sababli Ronaldu tovon pulini yarmiga egalik qilishi haqidagi qarorni ham qabul qildi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Sport Mediaset