"Yuventus" MYU futbolchisiga 3 yillik shartnoma tayyorlamoqda

Mirjalol Normatov
6 mar 2022, 11:11
Yarim himoyachi Pol Pogba ushbu mavsum yakunlanganidan keyin "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, "Yuventus" fransiyalik xavbek bilan aloqalarda bo'lib turibdi. Pogbaning o'zi ham sobiq jamoasiga qaytishga qarshi emas.

Turin klubi unga 3 yillik shartnoma tayyorlamoqda. Unda futbolchining yillik maoshi 7,5 mln evroni tashkil qiladi.

Pogba 2012-2016 yillarda "Yuve" tarkibida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport